Smartfon uzoqroq vaqt xizmat körsatişi uçun uni ekrani bilan pastga qilib qöyiş lozim.
Bunday tavsiyani foydalanuvçilarga G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining informatika kafedrasi dotsenti Aleksandr Timofeyev bergan.
“Ekranni himoyalaşning köplab usullari mavjud, biroq kameralar uçun hozirça yöq. Şu sababli telefoningizni ekrani bilan pastga qöyib, kameraning kamroq tirnalişiga, displeyning esa qizib ketmasligiga yordam berasiz”, deb aytgan mutaxassis.
Bu tavsiya smartfon himoya ğilofida bölganda ham asqotadi, çunki asosiy kamera bunday holatda ham boşqa yuzalar bilan ta'sirlaşiş natijasida şikastlanişi mumkin. Mutaxassis, şuningdek, yangi gadjet bilan har doim himoya oynasini sotib olişni yana bir bor eslatib ötgan.












