Belarusdagi prezident saylovida qatnaşişga ruxsat berilmagandan söng Rossiyaga qoçib ketgan Valeriy Tsepkalo raqibi Aleksandr Lukaşenko haqida keskin fikrlar bildirdi. Bugun u qöşni mamlakatdan turib aktiv siyosiy kuraş olib boryapti. U Lukaşenkoni belarus xalqiga mutlaqo begona deb bilişini bildirdi.

Tsepkalo Lukaşenko Belarusning amaldagi konstitutsiyani doimiy ravişda buzib kelayotgani va hujjatlarni qalbakilaştiriş bilan şuğullanayotganini qayd etdi. Şuning uçun siyosatçi belaruslarga «amaldagi rejimning mohiyatini» – respublikadagi hokimiyat tizimining haqiqiy yuzini körsatişni xohlaydi.

«Lukaşenko, biz belaruslar özimizni qanday his qilayotganimiz va bizni çet elda qanday qabul qilişayotgani kabi haqiqiy belarus emas», deydi amaldagi prezidentning raqibi. Tsepkaloning qöşimça qilişiça, respublika Lukaşenko irsiy tarafdan ham, axloqiy tarafdan ham mamlakat aholisi uçun mutlaqo begona.

«Bizning asosiy maqsadimiz – Belarusni Lukaşenkodan butunlay xalos qiliş, uni butunlay yançib taşlaş, majoziy ma'noda uni öyindan taşqari holatda qoldiriş», deydi Tsepkalo Forbes naşriga bergan intervyusida.

Siyosatçining sözlariga köra, Rossiyaga qoçib ötganidan keyin u oçiq gapira oliş imkoniyatiga ega bölgan. Yaqinlaşayotgan saylovlarda nima bölişini taxmin qilişning iloji yöq, degan u.

Eslatib ötamiz, siyosiy ta'qiblardan qoçib mamlakatni tark etgan Tsepkalo Rossiyaga öz farzandlari bilan köçib ötgan. Uning xotini Veronika Tsepkalo esa Minskda qolgan va prezidentlikka nomzodlardan biri Svetlana Tixanovskayaning saylovoldi ştabida faoliyat körsatmoqda.