«Sababi – ona sutining foydasi infeksiya xavfidan köra muhimroq», – deya izoh berdi Gebreyyesus 3 avgust kungi brifingda.
Qayd etiş joiz, COVID-19 bolalarda kattalarga qaraganda yengilroq keçişi kuzatilmoqda. Buning sababi hozirça noma'lum. Ayrim taxminlarga köra, bu bola immunitetining virusga javobi me'yorida bölişi bilan izohlanişi mumkin. Kattalarda esa immunitet oldin uçramagan virusga qarşi haddan ortiq kuçli reaksiya hosil qilişi, bu esa bemor holatining yomonlaşişiga olib kelayotgani aytilmoqda.
3 avgustdagi brifingda koronavirus vaksinasiga kuçli umid boğlaş kerak emacligi haqida ham söz bordi. JSSTga köra, vaksina vaziyatni yaxşilaş uçun yagona va tezkor çora emas, normal hayotga qaytiş uçun esa hali ança vaqt bor.
JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus va taşkilotning favqulodda vaziyatlar dasturi ijroçi direktori Mayk Rayan barça xalqlar salomatlik talablariga qat'iy amal qilişlari lozimligi, jumladan, hamma uçun tibbiy niqobda böliş, ijtimoiy masofa saqlaş, qölni tez-tez yuviş va test topşiriş qoidalari doim birinçi örinda turişi kerakligini ta'kidladi.
«Hukumatlar va odamlarga aytişimiz mumkin bölgan narsa: «Hammasini töliq bajaring», deyişdan iborat. Tibbiy niqob dunyo davlatlari uçun majburiy bölib qolişi kerak», – dedi Gebreyyesus brifingda.
Uning ta'kidlaşiça, hozir bir paytning özida qator vaksinalar 3-bosqiçda klinik sinovlardan ötkazilmoqda. Ular orasidan samarali vaksinalar çiqişiga umid qilinmoqda. Biroq hozirça vaksina ham, vaziyatni yaxşilaydigan çora ham yöq.
Mayk Rayanning sözlariga köra, virus tarqalişi xavfi yuqori bölib turgan Braziliya va Hindiston kabi davlatlar kuçli tarzda kuraşga tayyor bölişi kerak.
«Barçasi tugaşiga hali ança bor, buning uçun qat'iyat talab etiladi», – dedi Rayan.














