Halok bölganlar orasida Seuldan bir kişi, Kyongido provinsiyasidan 7 kişi va Çxunçxon-Pukto provinsiyasidan 4 kişi bor.
Tabiiy ofat oqibatida 600 dan köproq uyga şikast yetgan, 5 ming gektardan köproq qişloq xöjaligi yerlari suv ostida qolgan. Falokat hududidan mingdan köproq odam evakuatsiya qilingan.
2 avgustdan mamlakatda favqulodda vaziyatlarga javob berişning eng yuqori darajasi amal qilmoqda. Poytaxt Seulda şosselar böylab va Xangan daryosi ustidan ötuvçi köprik orqali harakatlaniş tösib qöyilgan.
Janubiy Koreya boş vaziri Çon Se Gyun mamlakat aholisini iloji boriça köçaga çiqmaslikka çaqirgan. U, şuningdek, kommunal va şoşilinç xizmatlarga doimiy şaylik holatida turişni buyurgan. Favqulodda vaziyat tufayli mamlakat prezidenti Mun Çje In öz ta'tilini töxtatgan.
Ob-havo mutaxassislari vaziyat yanada yomonlaşişi mumkinligidan ogohlantirişmoqda: Koreya yarimoroliga janubi-ğarbiy tomondan kuçli töfon yaqinlaşmoqda, şu sababli yaqin kunlar içida kuçli yomğirlar töxtamaydi.













