2020 yil 29 iyul kuni prezidentning «Toşkent şahri va Toşkent viloyatida elektr energiyasi ta'minoti barqarorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4791-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020-2023 yillarda Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida «Yangi 500 kV kuçlanişli «Halqa» nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuçlanişli havo elektr tarmoqlarini quriş» investitsiya loyihasini amalga oşiriş belgilandi.
Loyiha doirasida quvvati 1400 MVA bölgan 500/200/10 kV kuçlanişli, yillik elektr energiyasini taqsimlovçi zamonaviy energiya tejamkor nimstansiya qurilişi, umumiy uzunligi 410 km elektr uzatiş tarmoqlari qurilişi közda tutilmoqda.
Qarorga köra, loyihani amalga oşiriş uçun xalqaro moliya institutlari mablağlari jalb etilişi hamda loyiha doirasida xalqaro tender savdolari ötkazilişi belgilandi, deyiladi «Özbekiston MET» AJ axborot xizmati.












