Moliya vazirligi axborot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan röyxatda 11 turdagi ma'lumotnomalar sanab ötilgan.

1. Doimiy yaşaş uçun röyxatdan ötganlik töğrisida ma'lumotnoma.

2. Oila tarkibi töğrisidagi ma'lumotnoma, bolalar soni va ularning yoşi töğrisidagi ma'lumotnoma, tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma, vafot etganlik töğrisidagi guvohnoma, turmuş qurganlik töğrisidagi guvohnoma, ajraşganlik töğrisidagi guvohnoma.

3. Avtotransport vositasi mavjudligi va uning texnik holati töğrisidagi ma'lumotnoma.

4. Oilaning (oila a'zolarning) rasmiy daromadlari töğrisidagi ma'lumotnomalar.

5. Köçmas mulkning mavjudligi, köçmas mulk hajmi, foydalanuvda bölgan yerning boniteti töğrisidagi ma'lumotnomalar.

6. Iş qidiruvçi, işsiz, jamoat işlari bilan bandlik maqomi berilganligi töğrisidagi ma'lumotnomalar.

7. Pensiya va nafaqa körinişidagi daromadlari, 1 va 2 guruh nogironligi bölgan şaxslar ekanligi töğrisidagi ma'lumotnoma.

8. Mehnat faoliyati bilan vaqtinça şuğullaniş imkoniyatini bermaydigan kasallikning mavjudligi, nogironlik guruhining mavjudligi, doimiy parvarişga muhtoj oila a'zosining mavjudligi töğrisidagi ma'lumotnomalar.

9. Bank plastik kartasining mavjudligi, tölovlar va vedomostlarni yuboriş, tölangan mablağlar töğrisidagi hisobotlar, oila a'zolariga kelib tuşgan pul ötkazmalari, bank plastik kartasi qoldiqlari töğrisidagi ma'lumotnomalar.

10. Oila a'zolarining qimmatli qoğozlar bilan amalga oşirgan operatsiyalari, dividendlar olinganligi töğrisidagi ma'lumotnomalar.

11. Talabalar safida mavjudligi, stipendiya miqdori, öqiş şakli (kunduzgi, sirtqi), öqiş turi (davlat granti, tölov kontrakt) töğrisidagi ma'lumotnomalar.

Avvalroq, Özbekistonda 2020 yilda 7ta vazirlik va idoralar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» integratsiya qilinişi, yangi tizimning maqsadi - elektron ma'lumot almaşuvi orqali davlat tomonidan aholiga ijtimoiy yordam va xizmatlar körsatişning şaffof va odilona tizimini yaratiş ekani haqida xabar berilgan edi.