Livan poytaxtidagi uşbu hodisa tasvirlarida ketma-ket ikki portlaşdan keyin qöziqorin şaklidagi bulut hosil bölgani va portlaş atrofdagi binolarga jiddiy zarar yetkazganini köriş mumkin. Portlaş şaharning port qismida röy bergan. Ba'zi videolarda portlaş suvni ham tölqinlantirib yuborganini köriş mumkin.
A video I received on WhatsApp of the scalr of explosion in #Beirut, confirming it was at the port. pic.twitter.com/bIkcyfsi0o
— Bissan Fakih (@BissanCampaigns) August 4, 2020
Bloomberğning yozişiça, portlaş hududida joylaşgan uylar içida Livan sobiq boş vaziri Saad Haririyning uyi ham bölgan. Uning özi jabrlanmagani aytilmoqda.
مشاهد حصرية لــ #الحدث تظهر الدمار الكبير الذي خلفه انفجار #بيروت#لبنان pic.twitter.com/xZFxoejSmc
— ا لـ حـ ـد ث (@AlHadath) August 4, 2020
Ayrim foydalanuvçilarning yozişiça, portlaş portlovçi moddalar saqlanadigan omborda sodir bölgan.
Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Hamad Hasan («Hizbulloh» tarafdori) kamida yuz kişi portlaşdan jabrlangani haqida gapirgan.
Mahalliy naşrlar xarobalar ostida odamlar qolib ketgani, kamida 10 kişi halok bölgani haqida yozmoqda.
Hukumat şahardagi barça şifoxonalarga portlaşdan jarohatlanganlarni muassasa hisobidan qabul qilişga körsatma bergan. Portlaş kuçi şaharning turli çekkalaridagi derazalarni sindirib yuborişi oqibatida köplab odamlar şişadan jarohatlar bilan murojaat qilmoqda. «Al-Hadat» telekanali ma'lumotiga köra, portlaşdan keyin mamlakat armiyasi safarbar qilingan, harbiylar favqulodda xizmatlarga yordam körsatadi.














