Bayrut gubernatori Marvon Abbud hodisani mislsiz deb atadi va uni Xirosima va Nagasakidagi portlaşlar bilan qiyosladi. Ma'lum qilinişiça, şaharning yarmi portlaşdan jabr körgan.
Dastlabki xabarlarda portlaş pirotexnika vositalari saqlanadigan omborda röy bergani, Isroil armiyasi aviazarba bergani, şuningdek, portlovçi moddalar taşiyotgan kema portlab ketgani haqida taxminlar bildirilgandi. Keyinroq hukumat bu versiyalarni rad etdi.
Isroil hukumati bu portlaşlarga aloqador emasligini ma'lum qildi, buni «Hizbulloh» tasdiqladi.
Mamlakat boş vaziri 5 avgustni motam kuni deb e'lon qildi.








































