Yaponiyaning Honda Motor avtomobil işlab çiqariş kompaniyasi koronavirus pandemiyasi sababli savdo hajmi tuşib ketişi oqibatida yilning ikkinçi çoragini zarar bilan yakunladi.
Kompaniya hisobotida aytilişiça, u aprel-iyun davomida 80,87 mlrd iyen (764,9 mln dollar) zarar körgan. Ötgan yilning şu davrida esa 172,3 mlrd iyen sof foydaga erişgan.
Kompaniyaning çoraklik aylanmasi 47 foizga, 2,124 trln iyengaça tuşib ketgan.
Honda avtomobil bölinmasi aprel-iyunni 195,89 mlrd iyen operatsion zarar bilan yakunladi – bir yil ilgari esa 120,38 mlrd iyen foyda bilan çiqqandi. Motosikllar işlab çiqaruvçi bölinmasining operatsion daromadi esa 84 foizga, 11,20 mlrd iyenga tuşib ketdi.
Kompaniya Şimoliy Amerika va Yaponiya bozorlarida eng köp zarar bilan çiqqan.













