Qayd etilişiça, 2020 yilning 3 avgust kuni taxminan soat 12:30larda PPX brigadasi 3-batalon 5-otryad xodimlari, safdorlar B.Mirzahakimov va A.Xudoyberdiyevlar Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy va Şarof Raşidov köçalarining kesişmasidagi çorrahada xizmat olib borayotgan vaqtida, çorrahada ikki nafar qizlar tilançilik qilayotganligini aniqlaşgan. 

Bildirilişiça, uşbu qizlar özining xatti-harakatlari bilan yölning serqatnov qismida avariyaviy holatni yuzaga keltirib, transport vositalari haydovçilariga xalaqit berişgan.

Qizlarga örnatilgan qonun-qoidalarni buzayotganligi tuşuntirilib, ulardan yaqin oradagi Yunusobod tumani IIO FMB 2-sonli IIBga borişlari söralgan. Biroq, 18 yoşli S.E. va 19 yoşli Ş.A. xodimlarga faol qarşilik körsatib, ularni haqorat qilişgan va atrofdagi odamlarning diqqatini tortiş maqsadida şovqin kötarişgan. Natijada xodimlar qöşimça kuçlarni çaqirib, uşbu qizlarni IIBga olib kelişgan.

Profilaktika inspektori K.Jörayev uşbu fuqarolar bilan profilaktik tuşuntiriş işlarini olib borib, tilançilik qilganlik uçun javobgarlik belgilanganligini ma'lum qilgan. Ular tomonidan bu holat birinçi marotaba sodir etilayotganligi sababli qizlarga ogohlantiriş berilgan, deyiladi ma'lumotda.