Koronavirusga çalinganlarning rasmiy körsatkiçi bilan bunday katta tafovut kasallanganlar haqida ma'lumotlar faqat tahlillar natijalariga köra olingani bilan boğlangan. Şifokorlar tadqiqot yordamida qança italiyalikda koronavirusga qarşi antitanalar borligini tekşirişga qaror qilişgan. Organizmda antitanalar mavjudligi inson oxirgi oylarda koronavirusga çalinib, undan immunitet hosil qilganini körsatadi.
Qon zardobi örganilgan tadqiqotda 65 ming kişi iştirok etgan. Söngra tadqiqotçilar mamlakatda koronavirus bilan boğliq vaziyat haqida ma'lumot oliş uçun proporsiya hosil qilişgan. Natijada 2,5 foiz italiyalikda koronavirusga antitana borligi aniqlangan.
Italiya Yevropaning koronavirusdan eng köp jabr körgan davlatlaridan biri sanaladi. Mamlakat şimolida bahorda ayniqsa oğir vaziyat kuzatilgan.














