Rossiyada çet ellik talabalar öqiş davomida işga kirişi osonlaşmoqda. Endi ulardan maxsus ruxsatnoma yoki patent talab qilinmaydi, deb xabar berdi mamlakat ta'lim vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, «RFdagi xorij fuqarolarining huquqiy holati töğrisida»gi qonun kuçga kirgaç, xorijlik talabalarning işga joylaşişi uçun öquv yurtidan ularning haqiqatan Rossiyada öqiyotganligi töğrisidagi ma'lumotnoma bölsa yetarli.
«Iş beruvçi xorijlik işçilarni jalb etiş va ulardan foydalaniş uçun ruxsat olişi şart emas», — deyiladi vazirlik xabarida.
Xorijlik talabalarga öqişdan böş vaqtlarida har qanday korxonada işlaşiga ruxsat beriladi. Ular diplom olganlaridan söng iş beruvçi bilan şartnomani bekor qilişlari lozim.
Ilgari çet ellik talabalar faqat ta'tilda va faqat öz öquv muassasalari bazasida işlaşi mumkin edi.












