«Kömak turlari va çora-tadbirlari ikki davlat örtasida muhokama qilinmoqda», – deya qayd etilgan elçixona xabarida.
Şuningdek, iyun oyida Germaniya Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Toşkentdagi vakolatxonasiga 480 ming yevro ajratgan.
Eslatib ötamiz, ötgan oyda rasmiy Berlin Markaziy Osiyoning Özbekistondan boşqa davlatlariga töğridan töğri kömak ajratişni töxtatişi ma'lum bölgan edi.
Qayd etiş joiz, Germaniya – Özbekistonning Yevroittifoqdagi eng asosiy savdo hamkorlaridan biri. 2018 yilda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 25 foizga ösib, 770 million dollardan oşgan.
2020 yilning birinçi yarim yilligi yakunlariga köra, Germaniya Özbekistonning savdo hamkorlari içida 7-örinda qayd etilgan, bu davrda ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi 337 mln dollarni taşkil etgan. Şundan 305 mln dollar Germaniyadan importga töğri keladi.
GSP+ tizimi Özbekistonga nima beradi? — Germaniya elçisi bilan suhbat
Avvalroq, iyun oyi boşida Yaponiya Özbekistonga 1,9 mln dollar ajratişi xabar qilingandi.













