Hujjat muhokamasi jarayonida qayd etilişiça, amaldagi «Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qiliş, ularga yordam beriş masalalariga doir aniq qoidalar tartibga solinmagan, voyaga yetmaganlar savdosiga qarşi kuraşişning öziga xosliklari, jabrdiydalarni indentifikatsiya qiliş, yordam beriş va himoya qilişning huquqiy maqomi belgilamagan.
Şu nuqtayi nazardan hujjatning yangi tahririda bu masalalarni qamrab oliş, şuningdek, odam savdosiga qarşi kuraşda nodavlat-notijorat taşkilotlar bilan hamkorlikni yaxşilaş közda tutilgan.
«Hozirda respublikada 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat taşkilotlari mavjud bölib, ularning 100ga yaqini odam savdosiga qarşi kuraşiş borasida iş olib bormoqda. Qonunda mazkur yönalişga doir faoliyatni amalga oşirayotgan davlat organlariga kömaklaşuvçi taşkilotlar qatorida nodavlat-notijorat taşkilotlari ham belgilanib, ularning vakolat va vazifalari aniq körsatilmoqda», dedi senator Matluba Ğaniyeva.
Senat raisi Tanzila Norboyeva odam savdosiga qarşi kuraş borasida olib borilayotgan işlarni qoniqarsiz baholadi.

«Odam savdosiga qarşi kuraş böyiça hozirda olib borayotgan işimiz talabga javob bermaydi. Bu böyiça bir yil avval prezident farmoni («Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida») qabul qilingan edi. Lekin biz haligaça yaxşi natijalarga erişa olganimiz yöq.
Fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat-notijorat taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari bu borada bizning eng yaqin hamkorimiz bölişi kerak. Idorada ötirib olib, forma kiyib özimiz kuraşyapmiz, desak, heç qanday natijaga erişa olmaymiz.
Odam savdosiga qarşi kuraşda alohida yönalişlardan biri – çaqaloqlar savdosi. Çaqaloqlar savdosi bilan boğliq holatlar yoki avval aytilmagan, yoki hozir köpayib ketdi. Buni keltirib çiqarayotgan omillarni ham aniqlaş kerak – ayollarda bolasiga mehr yöqoldimi yoki unga mablağ şunçalik zarurmiki, arzimagan pulga farzandini sotyapti?!», deya Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, odam savdosidan jabr körganlarga ijtimoiy yordam körsatişni tizimli taşkil qiliş uçun ular haqidagi ma'lumotlar jamlangan yagona axborot bazasi yaratiladi.












