Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va mamlakatning Nyu-Yorkdagi boş konsulligi ma'lumotlariga köra, keça Toşkent vaqti bilan soat 22:00 (mahalliy vaqt bilan 13:00)da bortida Özbekiston fuqarolari bölgan Uzbekistan Airways’ning charter reysi Nyu-Yorkdan parvoz qildi.
Fuqarolarni Özbekistonga charter reyslarida bosqiçma-bosqiç olib boriş böyiça körilgan çoralar natijasida, sönggi uç oy içida koronavirus pandemiyasi tufayli qiyin ahvolda qolgan barça özbekistonliklar AQŞ va Kanadadan evakuatsiya qilindi. Navbatdagi maxsus reysda 3 nafar yangi tuğilgan çaqaloq bilan 174 nafar fuqaro jönab ketdi. Şu bilan birga, 778 nafar özbekistonlik parvozdan boş tortdi va uni dunyodagi epidemiologik vaziyat yaxşilangunga qadar keçiktirdi.

Iyun-avgust oylarida Amerika qit'asidan jami 1200 kişi evakuatsiya qilingan, ularning 26 nafari çet el fuqarolari.
Özbekiston fuqarolari Kanadadan evakuatsiya qilişda yordam sörab, AQŞdagi diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilişmoqda. AQŞ-Kanada çegarasi vaqtinça yopilişi munosabati bilan konsullik xodimlari ularni Ottava va Torontodan reyslar bilan boğlanadigan Toşkent-Istanbul-Toşkent yönalişidagi charter parvozlari röyxatiga kiritişda yordam bermoqda.
AQŞdagi diplomatik missiyalar xabariga köra, 6 avgust holatiga yölovçilarning kutiş röyxatida 803 nafar fuqaro bor. Mamlakatning Vaşingtondagi elçixonasi va Nyu-Yorkdagi boş konsulligi fuqarolar bilan doimiy aloqada. Charter reyslarda uyga qaytişni istagan yölovçilar röyxati har kuni yangilanadi. Koronavirusga qarşi kuraş böyiça maxsus respublika komissiyasining jadvaliga binoan navbatdagi maxsus parvoz 13 avgustga rejalaştirilgan.
Şu munosabat bilan, Vaşington va Nyu-York şaharlaridagi konsullik idoralari yaqin oylarda Özbekistonga borişni rejalaştirgan fuqarolarga elçixona yoki boş konsullikka AQŞdan Özbekistonga keyingi charter reyslarda parvoz qiluvçi yölovçilar röyxatiga kiritişni sörab murojaat etişni tavsiya qilgan.













