Dengiz şamolidan olinadigan energiya butun dunyo böylab 2019 yildagi 29,1 GVtdan 2030 yilda 234 Gvtgaça, ya'ni 8 marta oşişi mumkin. Bunday prognozni Şamol energetikasi böyiça global kengaş tahlilçilari (GWEC) berişmoqda. 

Ular yaqin 10 yil içida Osiyo-Tinç okeani mintaqasida hamda Yevropa davlatlarida toza energetika tarmoği jadal ösişini prognoz qilişmoqda.

2019 yilda yangi şamol fermalari yordamida 6,1 GVt qöşimça energiya olingan. 

Umuman olganda, dengiz şamoli energetikasi bozori 2013 yildan beri çorak qismga ösgan. Bu asosan Yevropadagi yangi stansiyalar hisobiga yuz bergan. Yevropadagi şamol stansiyalari dunyodagi barça şamol stansiyalarining 75 foizini taşkil qiladi.   

Ayni vaqtda şamol energetikasi böyiça Xitoy 1-örinni egallamoqda. Uşbu davlatda şamol fermalari yordamida 2,4 GVt energiya olinadi. 2-örinni 1,8 GVt bilan Britaniya, 3-örinni 1,1 GVt bilan Germaniya egallamoqda. Mintaqalar kesimida şamol energiyasi işlab çiqariş hajmi ösişi böyiça Yevropa yetakçilik qilmoqda. Keyingi örinlarni Osiyo-Tinç okeani mintaqasi va AQŞ egallamoqda.

Yaqin 10 yil içida şamol energetikasi tarmoğida 900 ming yangi iş örni paydo bölişi kutilmoqda. Bu körsatkiç agar qonun çiqaruvçilar uşbu tarmoq ösişini jadallaştiruvçi çoralarni qöllab-quvvatlasalar muntazam oşib boradi. 

Bundan taşqari, har bir gigavatt dengiz şamoli energiyasi atrof-muhitga karbonat angidrid SO2 çiqarilişini 2,5 mln tonnaga qisqartiradi.