Infodemiya OAV, ijtimoiy tarmoqlarda, fuqarolik jurnalistikasi saytlarida bir mavzudagi ma'lumotning  juda köp berilişidir. Bir mavzudagi axborotlarning haddan ortiq köpayişi insonlarga ruhiy jihatdan bosim ötkazilişiga ham sabab bölişi mumkin.

Bugun, 8 avgust kuni Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida pandemiya davrida vujudga kelgan yangi atama – infodemiya tuşunçasi va axborotning haqqoniyligini qanday tekşiriş mumkinligi haqida ma'lumot berildi.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nozima Murotovaning aytişiça, infodemiya OAV, ijtimoiy tarmoqlarda, fuqarolik jurnalistikasi saytlarida bir mavzudagi ma'lumotning  juda köp berilişidir. Bir mavzudagi axborotlarning haddan ortiq köpayişi insonlarga ruhiy jihatdan bosim ötkazilişiga ham sabab bölişi mumkin.

«Pandemiya insonlarni jismoniy jihatdan kasal qilsa, infodemiya kişilarning ruhiy holatiga ta'sir ötkazadi. Berilayotgan axborotlarning turi, ularning uzatiliş vaqti va hajmi çeklanmagan. Inson qayerda bölmasin har doim axborot bilan ta'minlangan», - dedi Nozima Murotova.

Qayd etilişiça, infodemiya fonida feyk xabarlar ham köpaymoqda. Har bir ma'lumotning töğriligini esa tekşirib köriş kerak.

«Feyk axborot birinçi bölib insonning aqliga emas, uning hislariga ta'sir qiladi. Va inson hislari ta'sirida axborotni töğridan töğri iste'mol qilib, köpinça notöğri qaror çiqarib qöyadi.

Masalan, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda 1 million söm moddiy yordam örniga 700 ming söm berilgani haqida video tarqaldi. Uni suratga olgan şaxs özini taniştirmagan, qaysi hududda, kim bilan bunday holat sodir bölganini ham aytmagan. Bu kabi tizimli muammolarimiz bor, lekin şu mavzuga aloqador axborotning töğri-notöğri ekanligini saralay oliş kerak. Şuning uçun bu borada maktabdanoq media savodxonlik va axborot xavfsizligi darslari öqitilişi kerak», - deya qayd etdi bloger Şahnoza Soatova.

Bloger, jurnalist Aziza Qurbonovaning aytişiça, xabarning feyk ekanligini aniqlaş mumkin.

«Feyk xabarda rasm sifatsiz yoki kollaj körinişida, asosan, fotoşop qilingan böladi. Unda imlo xatolar ham kuzatiladi, şuningdek, unda tilga olingan joylar va sana şubha ostiga olinişi kerak.

Lekin feykning qiziq jihati, u real şaxslar va joylar haqida böladi. Şuning uçun u bemalol işoniş mumkin bölganday tuyuladi. Biroq qidiruv tizimlari orqali axborotni tekşirmasdan e'lon qilmaslik lozim», - dedi Aziza Qurbonova.