Kun.uz muxbiri xabariga köra, yiğilişda tizimdagi mavjud muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş masalalari ham körib çiqildi. 

Işda yöl qöygan kamçiliklari uçun Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Rahmat Mamatov, vazir örinbosarlari Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan e'lon qilindi.

Avvalroq, boş vazir raisligida videoselektor ötkazilayotgani, ayrim mahallalar raislari keskin tanqid qilingani xabar berilgandi.

Hukumat rahbari moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarga respublika budjetidan ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatişda sustkaşlikka yöl qöygan ayrim mahallalar raislarining qilmişini keskin tanqid qildi.

Boş vazir buni heç qaysi mezon bilan oqlab bölmasligini ma'lum qilgan.