Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş fondi rahbari Komil Allamjonov Özbekistonda blogerlarning Telegram akkauntlarini buzib kirişga urinişlar bölayotganini qoralab çiqdi.
Uning sözlariga köra, mazkur harakatlarni töğridan töğri söz erkinligiga tahdid deb baholaş mumkin.
«Kuni keça bir neça blogerlarning Telegram tarmoğidagi akkauntini buzişga urinişlar bölgani haqida yozişdi. Buni kim, nima maqsadda qilgani hozirça aniq emas, lekin buni bevosita OAV va blogerlarga, söz erkinligiga tahdid sifatida baholaş mumkin», – deb yozadi Allamjonov Telegram`dagi kanalida.
Mass-media fondi rahbarining ta'kidlaşiça, bu yöl bilan OAV va blogerning «ovozini öçirişga» uriniş bilan heç qanday natijaga erişib bölmaydi, hozirgi texnologiyalar asrida informatsiyani sun'iy yöl bilan tösişning imkoni yöq.
«Eng ma'qul yöl esa, jamiyatga közgu tutib turgan OAV va blogerlar kötarib çiqayotgan kamçilik va muammolarni bartaraf etiş orqali vaziyatni yölga solişdir. Bunda jurnalist va blogerlarni duşman bilmasdan, ularni döstdek qabul qilişga könikişimiz kerak. Döstlarning Telegram akkauntlari esa «vzlom» qilinmaydi», – degan Komil Allamjonov.
U bu boradagi fikrlarini töliqroq bayon etgan videoni ilova qilgan.
«Nega OAVning ovozini öçiriş kerak yoki bular nazoratda bölişi kerak, degan fikr böladi? Çunki ular odamlar orasidagi muammolarni kötarib çiqadi. Bizda esa muammoni hal qiliş örniga, uni kötarib çiqqanlarning ovozini öçirişga harakat qilinadi. Lekin muammo bor-ku baribir?
[…] Köpinça aytişadi: «Muammolarni juda börttirib yozyapti, yaxşi ma'lumotlarni juda kam berişyapti». Bitta narsani inobatga oliş kerak: matbuotning vazifasi asosan muammolarni kötariş, xalq dardini olib çiqiş. Şunday ekan, ular har doim ham yaxşi yoki maqtov materiallarni bera olmaydi.
Töğri, jurnalist va blogerlarda xolislik, etika bölişi muhim. Bu borada kamçiliklar bölişi mumkin, lekin ularning ovozini pasaytirişga urinişdan köra bu bilan işlagan ma'qulroq. Çunki ularning ovozi pasaygani bilan muammolar bor ekan, bu muammolar haqidagi xabarlar u yoki bu yöllar bilan, anonim şaklda ham çiqib kelaveradi. Telegram`da hozir minglab har xil kanallar bor. Telefon bor ekanki, fuqarolardan informatsiyani yaşirişning iloji yöq», – deydi Allamjonov.








