Bugun, 8 avgust kuni Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida blogerlar e'lon qilinayotgan koronavirusga oid ma'lumotlarda noaniqliklar kuzatilayotgani haqida munosabat bildirdi. Ularning qayd etişiça, tor ilmiy doiralarda hal qilinişi kerak bölgan masalalar aniqlaştirilib, keyin ommaga ma'lum qilinişi, barça tavsiyalar bir-biriga mos kelişi kerak.
Bloger, jurnalist Aziza Qurbonovaning ta'kidlaşiça, koronavirus bilan boğliq hamma savollarga javob berişi kerak bölgan odamlarning özida şubha bölmasligi kerak.
https://ok.ru/videoembed/1623565011647
«Agar qaysidir şifokor osma ukol (tomçi dori) olma, qaysidir şifokor esa busiz davolana olmaysan, deydigan bölsa, xalq kimga işonişi kerak? Qaysi bloger, qaysi jurnalist bunday ma'lumotning töğriligini tekşirib köra oladi? Faqat tibbiy niqoblar bilan boğliq emas, insonlar taqdiri bilan boğliq hali oxiriga yetkazilmagan qarorlar yoki tavsiyalarni tekşiriş imkoni yöq. Şuning uçun bugun odamlar orasida axborot bölinişi kuzatilmoqda: kimdir bir tarafga, yana kimdir esa boşqa bir tarafga işonadi», - deya munosabat bildirdi Aziza Qurbonova.
Bloger özi ham şifokor oilasidan ekanini, ularning mehnatini qadrlaşini, lekin e'lon qilinadigan qarorlar, tavsiyalar bir-biriga mos kelişi kerakligini aytib ötdi.
Bloger Şahnoza Soatova esa tor ilmiy doiralarda hal qilinişi kerak bölgan masalalar aniqlaştirilib, keyin ommaga ma'lum qilinişi kerakligini ta'kidladi.
«Hozir odamlar gangib qolgani sezilyapti. Bu umumiy tibbiyotga bölgan işonç yöqolib, odamlar xalq tabobatidan foydalanişi yoki umuman davolanmay qöyişi va yoki özboşimçalik bilan davolanişiga olib kelişi mumkin.
Bu bitta preparat yetkazgan zarardan kattaroq bölişi mumkin», - dedi Şahnoza Soatova.










