8 avgust kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida 2020-2021-öquv yiliga tayyorgarlik va kiriş imtihonlariga oid masalalar böyiça ma'lumot berildi.

https://ok.ru/videoembed/1624168139455

Matbuot anjumani davomida oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidovga akademik litseylarni darslik bilan ta'minlaş vazifasi Xalq ta'limi vazirligi tizimiga ötgaç qator muammolar yuzaga kelayotgani borasida savol berildi. Xususan, ayrim xududlarda darsliklar litsey öquvçilariga barça maktablar darslik bilan ta'minlangaç, dekabr, yanvar oylaridagina yetib bormoqda. Ammo ota-onalar darsliklar uçun töliq bir yillik tölov qiladi.

Vazir yangi öquv yilidan boşlab akademik litseylarni darsliklar bilan ta'minlaş borasida yangi tizim joriy qilinişini ta'kidladi.

«Darsliklarni  joriy öquv yilida litseylarga markazlaşgan holda yetkazib berişga harakat qilamiz. Ular öz vaqtida yetkaziladi. 

Litseylar maktablardagi oxirgi ikki sinf darajasiga çiqqanligi bois ularda asosan maktab darsliklari öqitilib, öquvçilar uçun qöşimça qöllanmalar berilgan. Endilikda alohida darslikka ötiş masalasini köryapmiz. Darsliklar monopoliya emas, balki alternativ tarzda – litsey qaysi oliy öquv yurti qoşida bölsa, öşa öquv yurtining öqituvçilari va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda köpaytiriladi. Faqatgina maktabga boğlanib qolinmaydi», – deya Inomjon Majidov sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Litsey dasturlarida «Tarbiya» fani ötilişi böyiça

Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri tadbir davomida şuningdek, maktabdagi oxirgi ikki sinf darajasiga tenglaştirilgan litsey dasturlarida «Tarbiya» fanining saqlanib qolayotgani böyiça izoh berdi.

«Litsey dasturi umumiy örta ta'limga qöşimça ravişda tuziladi. Ya'ni maktabda quyi sinflarda qaysi fanlar ötilgan bölsa, litsey bosqiçida ham ular davom etadi, ötilmagan fanlar dasturga kiritilmaydi», – dedi u.

Litseylarga qabul muddati borasida

Oliy va örta maxus ta'lim vaziri matbuot anjumani davomida akademik litseylarga böladigan qabul muddati borasida ham gapirdi. Unga köra, OTMlarga qabul bölayotgan jarayonda akademik litseylarga ham qabul taşkil etiladi.

«OTMlarga kiriş imtihonlari böladigan davrda litsey, magistratura, ijodiy imtihonlarni ham ötkazişni rejalaştiryapmiz. Çunki bu davrda imtihonlarni ötkaziş uçun köplab taşkiliy masalalar – transport, xavfsizlik kabilar hal qilinadi.