2020-2021-öquv yili uçun ikkinçi mutaxassislikka hujjatlarni qabul qiliş joriy yilning 10 avgustidan boşlanadi. Bu haqda Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov ma'lum qildi.
“Davlat komissiyasiga ikkinçi mutaxassislik uçun hujjat qabul qiliş jarayoni joriy yilning 10-31 avgust kunlari ötkazilişi böyiça taklif kiritdik. Taklifimiz qanoatlantirildi. Hujjatlar qabul qilinişi körsatilgan muddatlarda onlayn tarzda amalga oşiriladi. Ikkinçi mutaxassislik uçun qabul kvotalari belgilanmaydi. Oliy ta'lim muassasalari abituriyentlar soniga qarab suhbat asosida imtihon ötkazadi. Abituriyentlar soni kamroq bölsa, imtihonlarsiz, töğridan-töğri qabul amalga oşiriladi”, - dedi Xoliqov.
Vazir Inomjon Majidovning qöşimça qilişiça, ikkinçi mutaxassislikka qabul qiliş jarayoni murakkab bölmaydi. Har bir oliy ta'lim muassasasi abituriyentning salohiyatini öz mezonlari asosida baholaydi, qança talaba qabul qilişni ham özi hal qiladi.













