Ma'lumki Kun.uz sayti tahririyati muntazam ravişda ehtiyojmandlar uçun xayriya aksiyalari uyuştirib kelmoqda. Ana şu mas'uliyatli masalada bizga kömak beruvçi hamkor, muhtojlarga ham moddiy, ham ma'naviy, ham taşkiliy masalalarda yordam berişga qodir taşkilot taşabbus körsatdi va safimizga qöşildi.

Jamoamiz Toşkent şahrida joylaşgan Gematologiya va qon quyiş ilmiy-tekşiriş institutidagi kömakka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda, xayriya aksiyalari uyuştirmoqda.

Yodingizda bölsa, saytimizda “Yordam söraş juda oğir, lekin bolam uçun majburman”. Ona oqqonga çalingan farzandi uçun kömak söramoqda” sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Maqolada saxovatli insonlar kömagiga muhtoj bir qator yurtdoşlarimiz – bemorlar haqida hikoya qilingandi.

Xayriyadan söng ularning holidan xabar oliş maqsadida boğlanganimizda onalar “ha, juda köpçilik qönğiroq qilişdi, raqamimizga pullar tuşirişdi, şaxsan kelib hol-ahvol sörab ketganlar ham böldi. "Mahalla"dan ham kelib har birimizga kamida bir million sömdan yordam berişdi” deganlarida hayron qoldik. Sababi, bemorlarning aksariyati turli viloyatlardan kelişgan, özlarining hududiy mahalla fuqarolar yiğini bir vaqtda hammalariga yordam qilişi haqiqatga unçalik töğri kelmasdi.

Ammo ular bilan suhbatimiz davomida muhtojlarga "Mahalla" xayriya jamoat fondi kömak bergani ma'lum böldi.

2016 yilda Namangan tumanida tuğilgan Hasanjon Muhammadaliyevning onasi Gulnoza Sobirovaning ta'kidlaşiça, köplab hamyurtlarimiz kömak berişgani qatorida bu taşkilotning ham xabar olişidan juda xursand bölişgan.

– Farzanding bemor bölganida, imkoniyatlaring çeklanib qolganida har qanday yordamdan köngling kötarilarkan, tölqinlanarkansan kişi. Şukrki yaxşi insonlar köp, moddiy yordam berişdi. "Mahalla" fondidan pul bilan kömak berişgani ayni vaqtida böldi. Bilasiz, bu kasallik bilan kuraşiş katta kuç va mablağ talab qiladi. Jamğarma tomonidan berilgan mablağni öğlimning davolanişi uçun sarfladik va juda minnatdormiz.

Fondning aynan şu masalalar bilan şuğullanuvçi vakili Nargiza Abdullayevaning ma'lum qilişiça, taşkilot xayriya aksiyalarini muntazam kuzatib boradi va maxsus işçi guruh tomonidan örganilib, muhtojlarga yordam beriladi. Hozir Navoiy viloyatidagi murakkab vaziyatga tuşgan oilaga ham 10 mln söm ajratilmoqda.

Demak, saytimizning xayrli işlardagi hamkorlari yana bir taşkilotga köpaydi va biz bundan faqat xursand bölamiz.