Arizalar ikkinchitalim.edu.uz onlayn platformasi orqali, 31 avgustga qadar qabul qilinadi.
Ikkinçi mutaxassislik uçun qabul kvotalari belgilanmagan: OTMlar abituriyentlar soniga qarab suhbat asosida imtihon ötkazadi. Abituriyentlar soni kamroq bölsa, imtihonlarsiz, töğridan töğri qabul amalga oşiriladi.
Avvalroq oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov ikkinçi mutaxassislikka qabul jarayoni murakkab bölmasligini aytgan edi.
«Har bir oliy ta'lim muassasasi abituriyentning salohiyatini öz mezonlari asosida baholaydi, qança talaba qabul qilişni ham özi hal qiladi», – deya ma'lum qilgan Inom Majidov.












