Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norin daryosi uzra ko‘prik bitgunga qadar aholi uchun vaqtincha ko‘prik ko‘tarildi
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Namangan viloyatining Uychi hamda Norin tumanlari orasidagi daryo o‘zani uzra muvaqqat ko‘prik qurishga kirishdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Farg‘ona halqa yo‘lining 93-kilometrida joylashgan «Norindaryo» ko‘prigida joriy yil 24 aprelda darz ketish alomatlari sabab harakatlar to‘xtatilgandi. Mazkur ko‘prik 1962 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, qariyb 60 yilga yaqin vaqt davomida xalqqa xizmat qilib kelgan. Bugungi kunda minglab fuqarolar ishga, o‘qishga, bozorga hamda o‘zlarining boshqa ehtiyojlari yo‘lida daryoni qayiq orqali kesib o‘tib o‘tmoqda.

Mudofaa vazirligi ko‘prik bitgunga qadar aholiga qulaylik yaratish, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida vaqtinchalik ko‘prik qurishga kirishdi.

Ayni vaqtda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Muhandislik qo‘shinlari xizmatining bir guruh mutaxassislari maxsus texnikalar yordamida ko‘prikni qurish ishlarini amalga oshirmoqda. Daryo uzra qad ko‘tarayotgan ko‘prik uzunligi 40 metrni, eni esa 3,8 metrni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
13:34 / 29.12.2025
Uychi tumanida ham hokim almashdi
19:44 / 14.10.2025
Ishi yurishmagan “ishbilarmon kishilar”: Namanganda mashhur filmdagiday hodisa sodir bo‘ldi
16:33 / 09.02.2025