Toşkent şahridagi barça qisqa raqamli tezkor navbatçilik — 101, 102, 103, 104, 1050, 1055 xizmatlari Yagona vaziyatlar markaziga jamlanadi hamda umumiy 112 navbatçilik xizmati doirasida faoliyati taşkil etiladi. Buning natijasida, favqulodda vaziyatlar xizmatlarining faoliyatini muvofiqlaştirişning samarali mexanizmi joriy etiladi. Toşkent şahrida «112» Yagona dispetçerlik xizmatini joriy etiş böyiça texnik topşiriq ham işlab çiqildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlantiriş vazirligi xabar berişiça, Şayxontohur tumanida «Xavfsiz şahar» sayyor loyihasi doirasida jami 142 ta ijtimoiy soha obekti va aholi gavjum joylarda jami 898 dona intellektual videokuzatuv tizimi qurilmasi örnatilib, işga tuşirildi.
Şuningdek, «Xavfsiz şahar» tizimini joriy etiş loyihasi böyiça bir neçta kompaniyalarning yöl harakati xavfsizligi qoidalari buzilişini foto-video qayd etiş böyiça bergan takliflari va texnik yeçimlaridan hamkor kompaniyani tanlab oliş işlari amalga oşirilmoqda
Vazirlik prezidentning 2017 yil 29 avgustdagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boşqaruv tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, 2019—2023 yillarda «Xavfsiz şahar» loyihasi respublikaning barça hududlarida bosqiçma-bosqiç joriy etilişini eslatib ötdi.












