Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi «Çorvoq» suv omborida aholiga çömiliş va köngiloçar vositalar borasida barça çeklovlar yeçilib, ulardan foydalanişga ruxsat berildi.

Bu haqda boş vazir örinbosari – Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov ÖzAga ma'lum qilgan.

Abduhakimovning aytişiça, 12 avgust kuni prezident videoselektorida, karantinni yumşatiş çoralari doirasida mazkur masala yuzasidan ham topşiriq bölgan.

Eslatib ötamiz, ötgan hafta Favqulodda vaziyatlar vazirligi Çorvoqda çömiliş va barça turdagi suvda suziş vositalaridan foydalanişni taqiqlaşga oid qaror loyihasini muhokamaga çiqargan edi.

Loyiha jamoatçilik e'tiroziga sabab bölgan, unda ilgari surilgan taklif suv omboridagi suvning çiqindilar taşlanişi oqibatida yomonlaşayotgani va sönggi beş yilda 8 fuqaro çökib vafot etgani bilan izohlangan edi.