Mutaxassislar oxirgi oylarda keskin kimmatlagan tovarlarni ma'lum qilişdi. Vaholanki, koronavirus pandemiyasi boşida bu mahsulotlar narxi keskin tuşib ketgandi.

Ayni vaqtda eng tez qimmatlayotgan tovarlar qahva, kakao, şakar va paxta bölmoqda. Pandemiya boşida bu mahsulotlar lokdaunlar kiritilişi ortida ança arzonlaşib ketgan, biroq ularga yana talab oşgani ortida ança qimmatlaşişi mumkin, deb yozmoqda The Wall Street Journal naşri.

Jumladan, mart oyida kakao 17 foizga, paxta 18 foizga, şakar 27 foizga arzonlaşib ketgan. Qahva esa mart oxirida biroz qimmatlagan, ammo aprel-may oylarida narxi 15foizga tuşib ketgan.

Oxirgi oy davomida kakao narxi AQŞning ICE birjasida 17 foizga oşib, bir tonnasiga 2488 dollarni taşkil qilgan. Qahva narxi 14 foizga oşib, bir funti uçun 1,12 dollarni (1 kg uçun 2,47 dollar) taşkil qilgan. 

Şakar va paxta narxi esa 1 maydan mos ravişda 10 va 19 foizga kötarilgan.

Pandemiya vaqtida uşbu tovarlarning eng yirik yetkazuvçilari (Braziliya, Vetnam va Hindiston) eng köp zarar körgan. 

Mutaxassislarning fikriça, narxlar oşişiga dollarning pastlagani ham sabab bölgan.