Prezidentning “Qöqon” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillaştiriş va “Qöqon” erkin savdo zonasini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Davlat bojxona qömitasi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va Farğona viloyati hokimligining:

“Qöqon” erkin iqtisodiy zonasini “Qöqon” maxsus sanoat zonasiga aylantiriş;

“Qöqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining taşkiliy-huquqiy şaklini “Qöqon” maxsus sanoat zonasi” mas'uliyati çeklangan jamiyatiga özgartiriş;

Özbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan çegaradoş Farğona viloyatining Beşariq tumanidagi yer maydonda “Qöqon” erkin savdo zonasini taşkil etiş takliflariga rozilik beriladi.

Bunda, “Qöqon” MSZ va “Qöqon” ESZ faoliyatlarini operativ boşqaruv funksiyasi “Qöqon” maxsus sanoat zonasi” MÇJ Boşqaruvçi kompaniyasiga yuklatiladi.

Belgilanişiça:

“Qöqon MSZ” MÇJning dastlabki ustav kapitali qayta taşkil etilayotgan “Qöqon” maxsus sanoat zonasi direksiyasi” DUKning mulklari hisobiga şakllantiriladi;

“Qöqon” MSZ” MÇJ “Qöqon” maxsus sanoat zonasi direksiyasi” DUKning huquqlari va majburiyatlari böyiça vorisi hisoblanadi;

“Qöqon” MSZ” MÇJning ustav kapitalida davlat nomidan ta'sisçisi Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi hisoblanadi;

“Qöqon” maxsus sanoat zonasi iştirokçilari uçun barça, şu jumladan litsenziyalaş va ruxsatnomalar oliş böyiça davlat xizmatlari “Qöqon MSZ” MÇJ va (yoki) Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan “yagona darça” tamoyili asosida taqdim etiladi.

Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi belgilangan tartibda “Qöqon MSZ” MÇJning tuzilmasi tasdiqlanişi va ta'sis hujjatlari şakllantirilişini ta'minlaydi.

Bunda, “Qöqon” MSZ” MÇJ ustavida quyidagi qöşimça vazifa va funksiyalar yuklanişi tavsiya qilinadi:

marketing, huquqiy va moliyaviy konsalting, logistika va transport, mehmonxona, ta'lim va kadrlar bilan boğliq xizmatlarni körsatiş;

“yagona darça” prinsipi böyiça litsenziya va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni, şu jumladan, maxsus sanoat zonasining boş rejasiga muvofiq binolar va inşootlarni loyihalaştiriş, quriş, işga tuşiriş, ulardan foydalaniş uçun berişni taşkillaştiriş;

obektlarni qurişda xalqaro standartlar va talablarni qöllanilişini ta'minlaş;

investitsiya loyihalarini joylaştiriş va maxsus sanoat zonasi iştirokçilariga yer uçastkalarini beriş, şu jumladan, ijara huquqlari asosida beriş masalalari yuzasidan mustaqil ravişda qarorlar qabul qiliş.

“Qöqon” ESZning asosiy faoliyat yönalişlari va vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • tovarlar savdosi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, şu jumladan, konsignatsiya omborlarini, tovarlarga işlov beriş, ularni örab-joylaş, saralaş, saqlaş uçun maydonçalarni taşkil etiş;
  • xalqaro va mintaqaviy ulgurji hamda çakana zamonaviy savdo formatlarini rivojlantiriş;
  • çegara hududlarida logistika xizmatlarining töliq spektrini rivojlantiriş;
  • körgazmalar faoliyatini rivojlantiriş orqali tadbirkorlik sub'yektlari orasida kooperatsiyani yaxşilaş;
  • çegara hududlarida aholi farovonligini oşiriş va iş örinlarini yaratiş;
  • terminal va transport faoliyatlarini, tibbiy va moliyaviy xizmatlarni, köngiloçar, mehmonxona va restoran biznesini, tijorat xizmatlar infratuzilmasini taşkil etiş.

Belgilanişiça:

“Qöqon” ESZning faoliyat yuritiş muddati “Qöqon” MSZ faoliyat yuritiş muddatida taşkil etiladi va uşbu muddat keyinçalik uzaytirilişi mumkin;

“Qöqon” ESZ hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi;

“Qöqon” erkin savdo zonasi hududida yaratiladigan barça bino-inşootlar, savdo va logistika obektlari “Qöqon” MSZ” MÇJ va tadbirkorlik sub'yektlari mablağlari hisobiga amalga oşiriladi;

“Qöqon” ESZ hududidagi yer uçastkalari “Qöqon” MSZ” MÇJning tasarrufida turadi va “Qöqon” ESZ iştirokçilarining foydalanişiga investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun “Qöqon” MSZ” MÇJ qarorlari asosida beriladi;

Qöqon” ESZ hududida erkin bojxona zonasi bojxona rejimi joriy etiladi va bunda “Qöqon” ESZga olib kirilgan tovarlar Özbekiston Respublikasining bojxona hududidan taşqarida joylaşgan deb qaraladi;

“Qöqon” ESZ hududida tovarlar (işlar va xizmatlar) savdosi uçun tölovlar va pul ötkazmalari joriy operatsiyalar uçun erkin konvertatsiya tamoyiliga asosan tovarlar (işlar va xizmatlar) uçun, davlat bojlari, yiğinlar va boşqa şartli tölovlardan taşqari, xorijiy valutada tölovlarni amalga oşirişga ruxsat etilgan holda amalga oşiriladi;

“Qöqon” ESZ hududida Özbekiston Respublikasi fuqarolari, şuningdek, respublika hududida joylaşgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar tegişli tasdiqlovçi hujjatlar asosida kirib-çiqadi;

“Qöqon” ESZ hududiga çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning kirib-çiqiş tartibi, xorijga çiqiş huquqini beruvçi milliy pasporti yoki fuqaroligi bölmagan şaxsning harakatlaniş hujjatlari asosida amalga oşiriladi. Bunda, ularning erkin savdo zonasi hududida viza rasmiylaştiruvisiz böliş muddati beş kun etib belgilanadi;

“Qöqon” ESZ hududiga voyaga yetmaganlarning kirib-çiqişi şaxsini tasdiqlovçi tegişli hujjatlar asosida ota-onalari yoki ulardan biri hamrohligida amalga oşiriladi.