Vaksina röyxatga olingani haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda e'lon qilgandi. U şuningdek özining qizlaridan biri sinov davrida emlanganini ma'lum qildi.
«Hozir sifat nazorati olib borilmoqda. Ikki hafta içida birinçi qadoqlar çiqariladi va yuqori xavf ostidagi şifokorlar [emlanişi] uçun yetkazib beriladi», dedi Muraşko çorşanba kuni. Vaksinatsiya hammaga, şu jumladan şifokorlar uçun ham ixtiyoriy amalga oşirilişi ta'kidlangan.
Muraşko, şuningdek, Rossiya Covid-19'ga qarşi dunyodagi birinçi vaksinani joriy etişga şoşilayotgani va özining imiji yaxşilanişi uçun behuda urinayotgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. U Rossiya vaksinasiga nisbatan xorijiy tanqidlar asossizligi va raqobatdan qörqiş ortidan yuzaga kelganini qayd etgan.
«Çet ellik hamkasblar, ehtimol rus olimlari preparatlarining ma'lum bir raqobatdoş afzalliklarini sezib, bizning fikrimizça, mutlaqo asossiz bölgan ba'zi fikrlarni yoyişga urinişmoqda», dedi Muraşko.
Ğarb tanqidlari
Reyter agentligining xabar berişiça, insonlarda ikki oydan kam vaqt davomida sinalgan vaksinaning Rossiyada röyxatga olinişi e'lon qilingani dunyo soğliqni saqlaş mutaxassislari orasida xavotir uyğotmoqda. Ularning fikriga köra, töliq sinov natijalarisiz vaksinaga işoniş qiyin.
Rossiya vaksinasi – amaldorlar gapi va hujjatlardagi farqlar
Iyul oyida Moskvadagi Gamaleya markazida Rossiya vaksinasining köngillilarda ötkazilgan ilk sinovlari yakunlandi.
«Rossiya, aslida, populyatsiya darajasidagi katta tajriba ötkazmoqda», dedi Britaniyadagi Uoriks biznes maktabi farmakologik tadqiqotlar böyiça mutaxassisi Ayfer Ali. Vaksinaning bu kabi tezkor ravişda röyxatga olinişi, uning fikriça, yuzaga kelişi mumkin bölgan nojöya ta'sirlarning töliq aniqlanmasligiga olib kelişi mumkin. Katta ehtimol bilan, ular kamdan kam uçraydi, ammo jiddiy bölişi mumkin, deya ogohlantiradi ekspert.
Londondagi Universitet kollejining Genetika instituti mutaxassisi Fransua Ballu qat'iyroq gapirdi va Covid-19'ga qarşi rus vaksinasi röyxatga olinişini «bemulohaza va ahmoqona qaror» deb atadi. «Tegişli bölmagan tartibda tekşirilgan vaksina bilan ommaviy emlaş odobsizlikdir», dedi u.
AQŞ prezidenti maslahatçisi Kellienn Konueyning aytişiça, Rossiya vaksinasi AQŞ işlanmalaridan orqada qolmoqda va klinik sinovlardan juda kam ötgan.













