Tavsiya etilgan fuqarolar suhbat natijalariga köra, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinişi mumkin. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.

Röyxatda xodimlarini öqişga tavsiya etiş huquqi berilgan jami 74ta taşkilotni köriş mumkin.

Ma'lumot uçun, Davlat qabul komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoniga köra, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida beş yil iş stajiga ega fuqarolarning sirtqi va keçki ta'lim şakliga suhbat asosida qabul qilinişi tartibi belgilangan.

Unga köra, fuqaro komissiya tomonidan tasdiqlangan röyxatdagi tegişli idora va vazirlik yoki yirik xöjalik birlaşmalaridan birining xodimi bölsa, iş joyidan berilgan tavsiyanoma asosida öqişga hujjat topşiradi.

Şundan söng suhbat-imtihondan ötib, sirtqi ta'lim olişni xohlasa 5 yil, keçki ta'lim şaklini ma'qul körsa 4 yil muddat davomida tabaqalaştirilgan tölov-şartnoma asosida öqiydi.

Şartnoma puli esa özi işlab turgan taşkilot tomonidan tölab berilişi zarur.

Şuningdek, röyxatdagi taşkilotlar 100 nafargaça xodimiga tavsiyanoma berişi mumkin.

Tizimda asosiy iş joyi sifatida 5 yildan kam bölmagan muddatda işlayotgan xodimlarga (texnik xodimlar mundan mustasno) tavsiyanoma beriş esa tizimning şaxsan birinçi rahbari tomonidan amalga oşiriladi.