Amazoniyada avgustning 10 kuni davomida oxirgi 10 yil içidagi rekord sondagi yonğinlar qayd qilindi. Bu haqda Greenpeace tabiatni muhofaza qiliş taşkiloti ma'lum qildi. 

Greenpeace ma'lumotlariga köra, sun'iy yöldoşdan olingan suratlarda Amazoniyada 10136 ta yonğin öçoğini köriş mumkin. Bundan köproq yonğin öçoqlari 2010 yilda qayd qilingan va ularning soni 11280 tani taşkil qilgan.

Greenpeace’da ta'kidlanişiça, odatdagidan quruqroq ob-havo sababli Amazoniya örmonlari – selvalarda 2019 yil avgustidagi kabi köp sonli yonğinlar bölişi mumkin. Taşkilotda Amazoniya örmonlari şuningdek Braziliya hukumatining ma'qullovi bilan yöq qilinayotgani ta'kidlab ötildi. 

Muammo örmonlarning beayov kesilişi bilan keskinlaşgan. Amazoniyaning inson va atrof-muhit instituti (Imazon) ma'lumotlariga köra, oxirgi yil içida Amazoniya 6536 kvadrat kilometr örmondan mahrum bölgan, bu körsatkiç bir yil avvalgiga nisbatan 29 foiz köproqni taşkil qilgan. 2020 yil iyul oyining özida 1147 kvadrat kilometr örmon kesilgan. Örmon kesilişining 70 foizga yaqini noqonuniy amalga oşirilgan. 

2019 yilning yanvaridan avgustigaça Amazoniya selvalarining 1 mln 800 ming gektardan köproği yonib ketgan. Amazoniyaning tropik örmonlari dunyodagi eng yirik örmonlar hisoblanib, ularda sayyoramizdagi butun kislorodning 20 foizi işlab çiqariladi.