«Çelsi»ning sobiq yarimhimoyaçisi Villian «Arsenal» a'zosiga aylandi.

«Kanonirlar» uşbu braziliyalik futbolçi bilan 3 yillik şartnoma tuzilgani haqida e'lon qilgan. Erkin agent sifatida klubga kelib qöşilgan futbolçi 12-raqamli futbolkada töp suradi.

Avvalroq uning «Arsenal»dagi haftalik maoşi miqdori 220 ming funtni taşkil etişi xabar qilingandi.

2019/20 yilgi mavsumda Villian «Çelsi» safida APLning 36 öyinida maydonga tuşib, 9 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

Futbolçi «Çelsi»da 2013 yildan buyon öynab kelayotgandi. U klub bilan ikki marta Angliya çempionatida ğolib bölgan va bir marta mamlakat Kubogini qölga kiritgan.

Şu yozda «Çelsi» bilan şartnomasi yakuniga yetgan 32 yoşli futbolçi klubning 2 yillik şartnoma böyiça taklifini rad etgandi.