Pandemiya şaroitida köplab ommaviy tadbirlar qatori ayrim sport turlari ötkazilmasdan kelmoqda. Kun.uz muxbiri 2019 yilning 7 martidan Özbekiston Triatlon federatsiyasi raisi, 8 noyabridan MMA assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat körsatib kelayotgan Otabek Umarov bilan suhbatlaşdi.
— Otabek Muhammadaliyeviç, koronavirus pandemiyasi davrida aksariyat sport musobaqalari «ta'til»ga çiqdi. Siz rahbarlik qilayotgan Triatlon federatsiyasi va MMA assotsiatsiyasi ham mustasno emas. Bizga biror yangilik ayta olasizmi?
— Men Özbekistonda köp ham maşhur bölmagan sport turlari nafaqat munosib tarzda ommalaşa boşlagani, yoşlar örtasida ma'lum bir nufuzga ega bölgani bilan juda faxrlanaman.
Hamfikr jamoa bilan juda köp işlar qildik, hali qilinadigan işlar ham talaygina. Ularga erişiş uçun bu taşkilotlarda işlangan rejalar ham, zarur resurslar ham mavjud.
Fursatdan foydalanib, bugun juda köp öylanib çiqargan qarorim haqida aytişga jazm qilmoqdaman. Bu qarorga kelişim oson bölgani yöq — Triatlon federatsiyasi va Aralaş jang san'ati assotsiatsiyasi rahbarligida ötkazgan vaqtim mobaynida mamlakatimizning çinakam faxrlari hisoblanadigan iqtidorli va istiqbolli sportçilarga juda boğlanib qolgan edim.
Hayot doimo oldimizga yangidan yangi çaqiriqlar qöyadi: joriy yil esa çaqiriqlar tasavvur etib bölmas darajada ham bölişi mumkinligini körsatmoqda. Mamlakatimiz, butun xalqimiz butun dunyoni boşi berk köçaga qamab qöygan tahdid bilan töqnaş keldi.
Öz-özidan, ayni paytda röbaro‘ bölib turgan qiyinçiliklarni yengiş uçun har birimizdan bor kuç-ğayratimizni sarf etiş talab etiladi. Paydo bölgan vaziyatda davlat xizmatini olib boriş, jamoatçilik xavfsizligini ta'minlaş bilan boğliq vazifalar prinsipial yangi xarakter kasb etişi va misli körilmagan mas'uliyat darajasi talab qilişini yaxşi tuşunib turibman. Bu menda sport taşkilotlarida egallab turgan lavozimini tark etişdan özga tanlov qoldirmayapti.
— Ya'ni, siz Triatlon federatsiyasi va MMA assotsiatsiyasi rahbarligini tark etmoqçisiz? Sababi nimada?
— Sababi oddiy: Triatlon federatsiyasi ham, MMA assotsiatsiyasi ham vaqt va e'tibor talab qiladi, yangi şaroitlarda esa men buni kafolatlay olmayman.
— Şaxsan özingizning e'tiboringizsiz endi ommalaşayotgan va tetapoya bölayotgan bu sport turlariga qiziqiş kamayib ketmaydimi?












