Prezidentning “2020-2030 yillarda Özbekiston Respublikasining avtomobil yöllarini rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Strategiyaning asosiy maqsadi – avtomobil yöllari tarmoğini rivojlantiriş va takomillaştirişning, ularning ekspluatatsiya qiliş xususiyatlarini oşirişning iqtisodiyot barqaror va ildam rivojlanişiga, respublika mudofaa qobiliyati va iqtisodiy xavfsizligi mustahkamlanişiga, aholi turmuş darajasi ösişiga kömaklaşadigan yönalişlari, yondaşuvlari va mexanizmlarini belgilab oliş.

Qöyilgan maqsadga erişiş uçun Strategiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • yöl qurilişini rivojlantiriş va takomillaştiriş sohasida yagona davlat siyosati asoslarini işlab çiqiş;
  • amaldagi transport yölaklarini rekonstruksiya qiliş va rivojlantiriş, şuningdek quyidagilarni ta'minlaydigan yangi transport yölaklarini yaratiş:
  • biror-bir mamlakatga qaramlikni istisno etadigan mintaqaviy va xalqaro bozorlarga eng qisqa köp variantli çiqiş yöllari;
  • qöşni mamlakatlar hududlarini kesib ötmay, respublika hududlari örtasida avtotransportning samarali va tösiqsiz harakatlanişi;
  • respublika hududlarini birlaştiruvçi strategik avtoyöllarning toğli uçastkalari böyiça yölovçilar va yuklarni yil davomida işonçli taşiş;
  • xalqaro transport marşrutlari va yönalişlaridan foydalanişda xalqaro taşkilotlar va mintaqaviy integratsiya tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytiriş va çuqurlaştiriş;
  • yöl xöjaligida mablağlarni boşqariş, moliyalaştiriş va sarflaşning samarali tizimini amalga oşiriş;
  • mavjud yöl tarmoğini saqlab turiş böyiça işlarni birinçi navbatda amalga oşirgan holda yöl tarmoği xavfsizligini ta'minlaş;
  • eskirgan yöl qoplamasi va boşqa yöl inşootlari tiklanişini ta'minlaydigan hajmlarda ta'mirlaş işlarini olib boriş;
  • yöl harakati xavfsizligini oşiriş, transport-yöl majmuasining atrof muhitga salbiy ta'sirini kamaytiriş;
  • iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan kelib çiqib, avtoyöllar tarmoğini takomillaştiriş va kengaytiriş hamda davlatning strategik vazifalarini hal etiş;
  • qöyilgan maqsadlarga erişiş uçun yöl industriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş;
  • davlat yöl siyosatining va yöl qurilişi rivojlanişini tartibga solişning asosi sifatida yöl xöjaligining normativ-huquqiy va texnik bazasini yanada takomillaştiriş;