Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi «Özbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklaş va rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 433-son qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozişiça, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Turoperator va turagentlik xizmatlarini körsatiş tartibi töğrisidagi nizom (1);
  • Turizm axborot markazlarini taşkil etiş va faoliyatini yölga qöyiş tartibi töğrisidagi nizom (2).

Nizomga (1) muvofiq, turoperatorlar va turagentlar turistik faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oşiradi. Turoperatorlarning xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlaştirilişi lozim.

Turoperator va (yoki) turagent xizmatlari mijoz bilan xizmat körsatiş töğrisida şartnoma tuzilgandan keyin körsatiladi.

Turoperatorlar va turagentlar öz turoperatorlik va (yoki) turagentlik xizmatlarini buyurtmaçiga ma'qul şaklda körsatadilar. Ular öz firma nomi, joylaşgan joyi (poçta manzili) va iş tartibi töğrisidagi ma'lumotlarning turistlar (ekskursantlar)ga yetkazilişini ta'minlaydilar. Turoperator va turagent iş faoliyatini vaqtinça töxtatgan taqdirda turistga (ekskursantga) faoliyatini vaqtinça töxtatiş muddati haqida ma'lumot berişi şart.

Turoperator va (yoki) turagent buyurtmaçiga turistik mahsulot töğrisida zarur va işonçli ma'lumotlarni öz vaqtida taqdim etişni ta'minlaydi. U haqdagi ma'lumotlarda quyidagilar körsatilişi kerak:

  • turni amalga oşiriş uçun rioya qiliş zarur bölgan tibbiy rasmiyatçiliklar, şu jumladan turistning (ekskursantning) turda iştirok etişiga monelik qilişi mumkin bölgan ma'lum kasalliklar, xususan ularning jismoniy holati va yoşiga xos xususiyatlar;
  • bojxona, çegara va boşqa qoidalar (sayohat qiliş uçun zarur bölgan hajmda);
  • kiriş va çiqiş hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun asosiy talablar (vaqtinça böliş mamlakati (joyi)ga kiriş va çiqiş vizasi);
  • vaqtinça böliş mamlakati (joyi)ning milliy va diniy xususiyatlari;
  • boşqa sayohat xususiyatlari.

Nizomda turoperatorlar va turagentlar xizmatlaridan foydalanişning boşqa şartlari, şuningdek ularning huquq va majburiyatlari ham keltirilgan.