Belarus. Lukaşenko Putin bilan kelişib olgan, Tsepkalo amerikalik siyosatçi bilan uçraşmoqçi
|17:55 / 16.08.202040 13815 min
15 avgust kuni Minskda Aleksandr Taraykovskiy bilan vidolaşuv marosimlari ötkazildi. U 10 avgust kungi namoyişlar vaqtida halok bölgan. Şanba kuni OAVda uning halok böliş vaqti tasvirlangan video e'lon qilindi, unda OMON tomondan öqotar qurol işlatilgaç, Taraykovskiy yerga qulaganini köriş mumkin.
Taraykovskiy bilan xayrlaşuvga ön minglab kişilar kelgan VALERY SHARIFULIN/TASS
Davlat televideniyesi binosi qarşisida keçqurun minglab namoyişçilar töplandi. Içkarida OMON kuçlari navbatçilik qildi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiya «Belarus xavfsizligi uçun birinçi sörovdayoq har tomonlama yordam körsatişi»ni ma'lum qildi.
Faolning ölimi va uning şarafiga ommaviy tadbirlar
Şanba kuni Minskda Aleksandrom Taraykovskiy bilan xayrlaşuv marosimlari ötkazildi. U Belarus poytaxtida 10 avgust kuni ötkazilgan namoyişlar çoğida halok bölgandi.
Belarus IIV ma'lumotlariga köra, Aleksandr Taraykovskiy özining qölidagi portlovçi modda portlab ketişi oqibatida halok bölgani aytilgan.
Euroradio telegram kanali va «Assoşieyted press» agentligi şanba kuni Taraykovskiyning ölimi röy bergan lahzalar videosini tarqatdi. Kadrlardan köriş mumkinki, u maxsus kuçlar qator turgan joyga qöllarini kötargan holda yaqinlaşgan, uning qölida heç qanday buyum körinmagan. U safga juda yaqin kelganida, OMON kuçlari tomonida yorqin çaqin paydo bölgan, natijada u yerga qulagan.
Conflict Intelligence Team tadqiqotiga köra, Taraykovskiy KGB yoki IIVning maxsus topşiriqli jangçisi tomonidan granatomyot yoki drobovik orqali otib taşlangan.
Tut.by yana bir ölim holati haqida yozmoqda. 15 avgust kuni Gomelda Aleksandr Vixorning jasadi qarindoşlariga topşirilgan. U 9 avgust kungi namoyişlarda qölga olingan, 11 avgust kuni vafot etgan. IIVning rasmiy ma'lumotiga köra, qölga olinganidan keyin uning soğligi keskin yomonlaşgan va şifoxonaga olib borilgaç vafot etgan.
OMON davlat televideniyesida
Kun davomida OAVda Belteleradiokompaniyasi xodimlari iş taşlaşga tayyorlanayotgani haqida yozildi.
Mavzuga oid
«Xartiya-97» naşri teleoperatorlar talablarini e'lon qildi - ular saylovlarni haqiqiy emas deb tan olişni, qon tökilişini töxtatişni, siyosiy mahbuslarni qöyib yuborişni va senzurani bekor qilişni talab qilişgan.
Natijada BT ofisiga Belarus parlamenti yuqori palatasi raisi Natalya Kaçanova va prezident matbuot kotibi Natalya Eysmont taşrif buyurdi. Tut.by Belteleradiokompaniyadagi manbaga asoslanib xabar qilişiça, Eysmont va Kaçanovaning javoblari xodimlarning heç birini qanoatlantirmagan. «Bu uçraşuvdan natija çiqmadi», — degan manba.
Amaldorlar ham şunday deb hisoblaşgan va köp ötmay BT ofisiga OMON jangçilari kirib kelgan.
Davlat televideniyesi ofisiga minglab namoyişçilar töplangan.
Belarus jurnalistlari uyuşmasi rahbari RIA Novosti muxbiriga Belteleradiokompaniyaning faqat texnik xodimlari namoyiş ötkazgani va efirlarda uzilişlar röy berişi tahdidi yöqligini ma'lum qilgan.
«Ular bilan uçraşuv ötkazildi, ertaga yana bir uçraşuv ötkaziladi», degan u. U muloqot turli mavzularda keçgani, kimdir namoyişlarga qarşi bölsa, kimdir buni qöllab-quvvatlayotganini aytgan.
Lukaşenko namoyişlar haqida
Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko şanba kuni namoyişlar böyiça bir neça çiqiş qildi.
Xususan, Lukaşenko Rossiya «birinçi sörovdayoq Belarus xavfsizligini ta'minlaş böyiça yordam körsatişi»ni aytgan.
«Harbiy mavzuda gap ketganida, Ittifoq davlati va KXŞT doirasida Rossiya bilan şartnomamiz bor. Şuning uçun bugun Rossiya prezidenti bilan vaziyat haqida uzoq va batafsil suhbatlaşdik.
Va u bilan birinçi sörovimizdayoq Belarus xavfsizligini ta'minlaş böyiça har tomonlama yordam körsatilişiga kelişib oldik», deya uning sözlarini keltirgan «Belta».
Bundan taşqari, u zavodlarning iş taşlagan xodimlarini işdan böşatişga çaqirgan.
«Bu qanday yondaşuv. Prezident, hukumat, biz barçamiz bunday oğir davrda maoşlarni tölaşda davom etiş uçun kuraşmoqdamiz. Korxonalarni işlatyapmiz, bu korxonalarga katta yordamlar bermoqdamiz. Natijada nima böldi? Bu orqadan piçoq urişmi?», degan u.
«Yana bir bor takrorlayman: heç kimni işontirişga urinmang. Barça nima bölayotganini tuşunib turibdi. Agar işçi siyosatga aralaşib, maydonga çiqişni istasa, u ortiq işçi emas. Mayli, ketaversin. MTZ, MAZ, BelAZda işçilar köp. Qöying, ketsin. Ammo şundan keyin ularga zavodlarda joy yöq», - deya qöşimça qilgan Lukaşenko.
Köp ötmay prezidentning yana bir bayonoti paydo böldi: «Agar kimdir hukumat zaiflaşgan deb hisoblasa, xato qiladi. Prezident qoçib ketmagan, heç kim kasal bölmagan, heç kim ölmagan… Kutmang!».
Lukaşenkoning tanqidçilari qidiruvga berilmoqda. Rossiyada ham
Belarusdagi voqealarni yoritib borayotgan eng yirik manba - Nexta telegram kanali asosçisi Stepan Putilo xalqaro qidiruvga berildi.
Nexta kanalida xabar qilinişiça, Putiloni ommaviy tartibsizliklar uyuştirişda ayblaşmoqda, unga 15 yilgaça qamoq jazosi tahdid soladi.
Putilo 2018 yildan buyon Polşada yaşab kelmoqda.
Bundan taşqari, Belarus prezidentligiga sobiq nomzod, yuqori texnologiyalar parki ma'muriyatining sobiq rahbari Valeriy Tsepkaloga jinoiy iş oçilgan. OAV ma'lumotiga köra, uni korrupsiyada gumon qilişmoqda.
Tsepkalo iyulda Rossiyaga ketgandi, avgustda esa Ukrainaga ötdi va u hamon şu davlatda bölib turibdi.
Putilo va Tsepkalo nomlari Rossiya IIV ma'lumotlar bazasida paydo bölgan. Aftidan, bu Belarus va Rossiya huquq-tartibot organlari örtasida gumonlanuvçilarni qidirişda hamkorlik böyiça kelişuv mavjudligi bilan boğliq.
Belarus hududlarida va Moskvadagi aksiyalar
Şanba kuni Grodno, Bobruysk, Brest, Lid, Jabinke va Gomelda norozilik aksiyalari davom etdi. Ayrim aksiyalarda bir neça ming kişi iştirok etgan, ularning barçasi tinç ötgan.
Belarusning Moskvadagi elçixonasida namoyişçilar bilan birdamlik namoyişlari ötkazilgan.
TASS ma'lumotiga köra, Moskvadagi aksiyaga 400dan ortiq kişi kelgan, ularning aksari yoşlardir. Ularning qöllarida gullar va oq rangdagi şarlar bölgan. Bundan taşqari, ular uzun oq lenta tutib olişgan va bir safga tizilişgan.
Agentlik ma'lumotiga köra, aksiyada politsiya bir yoş yigitni qölga olgan, yana bir namoyişçiga tez yordam çaqirilgan, u elçixona oldida öziga kuç işlatilganini ta'kidlagan.
Şuningdek, Xabarovskdagi namoyişlarda Belarus bilan hamdarlikni ifodalovçi şiorlar aytilgan.
Lukaşenko Putin bilan maslahatlaşdi
Aleksandr Lukaşenkoning matbuot xizmati prezident Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi.
«Prezidentlar Belarus Respublikasidagi va uning atrofida rivojlanayotgan vaziyatni muhokama qilişdi, - deyiladi xabarda.
Biroz ötib Kreml matbuot xizmati yanada aniqroq ma'lumot berdi.
Xabarda aytilişiça, muloqot Lukaşenko taşabbusi bilan taşkillaştirilgan, «unda Belarusda prezidentlik saylovidan keyin yuzaga kelgan murakkab vaziyat haqida ma'lumot berilgan».
«Ikki tomon ham barça muammolar tez orada hal etilişiga işonç bildirdi. Asosiysi, bu muammolardan ikki davlatning ittifoqçilikdagi hamkorligiga zarar yetkazişni maqsad qilgan buzğunçi kuçlar foydalanmasligidir», deyiladi Rossiya prezidenti sayti xabarida.
Bloomberg ma'lumotiga köra, Lukaşenkoning mamlakatdan ketişni öylamagani haqidagi bayonotlariga qaramasdan, uning atrofidagilar davlat töntarişi röy bergan taqdirda Rossiyaga qoçiş masalasida Kreml vakillariga murojaat qilşgandi.
«Kremldagi ayrim şaxslar Lukaşenko ağdarilişidan xavotirga tuşişgan», degan agentlik vaziyatdan xabardor bölgan bir neça manbalarga tayangan holda.
Ma'lum qilinişiça, 15 avgust kuni Lukaşenko Minskdagi yiğilişda şunday degan: «Hozir Rossiya prezidenti Putin bilan boğlanişim kerak, men hozir u bilan gaplaşa olaman. Çunki bu (mamlakatdagi jarayon) nafaqat Belarus uçun xavf tuğdiradi… Agar Belarusda muvaffaqiyatsizlik bilan tugasa, bu namoyişlar u yerda (Rossiyada) ham jonlanadi».
MSK tomonidan rasman ğolib deb e'lon qilingan Aleksandr Lukaşenko 15 avgust kuni hukumatning keyingi faoliyati böyiça hujjatlarni tayyorlaşga körsatma berdi.
Öz navbatida, Svetlana Tixanovskayaning ştabi hokimiyatni topşiriş jarayoni böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş şakllantirişni boşlagani haqida e'lon qilgan.
Putin bilan gaplaşganidan keyin Lukaşenko mamlakat qurolli kuçlari Boş ştabiga taşrif buyurgan. U harbiylar va ularning oila a'zolari hayotiga tahdid mavjudligi haqida gapirgan. «Men erkakçasiga söramoqçiman: bunday qilmang! Olov bilan öynaşiş kerak emas! Harbiylarimiz özini, oilasini va davlat xavfsizligini himoya qiliş uçun yetarli resurslarga ega», — degan Lukaşenko.
«Belarusga mamlakat uçun xorijiy hukumat tuziş taklif etildi. Eşiting, bizda konstitutsiya böyiça tuzilgan oddiy hukumat bor. Bizga heç qanday xorijiy hukumatlar va vositaçilarning keragi yöq. Menimça, uşbu respublikalar rahbariyatini xafa qilmasdan aytmoqçiman, siz öz mamlakatingizda tartib örnatasiz», — dedi Lukaşenko Belarus Mudofaa vazirligining strategik boşqaruv markazida bölib ötgan yiğilişda.
Lukaşenko xorijda tuzilgan hukumat heç qaçon mamlakatni boşqarmasligini aytib, vaziyatni özlari hal qilişini ma'lum qilgan.
«Mamlakatda nimalar bölayotganidan men kabi xabardorsiz. Ular asta-sekin vaziyatni va jamiyatimizni özgartirişni boşlamoqda yoki davom ettirmoqda. Biz mehnat jamoalariga murojaat qilişimiz kerak. Men bu haqda köp marotaba gapirganman. Şuni yana bir marta aytmoqçimanki, bundan heç narsa çiqmaydi. Mamlakatni heç kimga bermaymiz», — dedi Lukaşenko.
Leşçenya namoyişçilar tomonidaligini bildirgan ilk belaruslik diplomat böldi. U mamlakatdagi zöravonliklar va qölga olinganlarga qöllangan qiynoqlar haqidagi xabarlardan şokka tuşgani haqida gapirgan.
«Afsuski, bunga şart-şaroitlar mavjud edi. 15 yil oldin bizda „Liniya Stalina“ (tarixiy-madaniy majmua) oçiq edi. Va gap nafaqat sovet xalqining qahramonliklari haqida ketmoqda. E'tiborga molik jihati — unda Stalin nomining uçraşi. Şundan söng, içki işlar vaziri paydo böldi, undagi Stalin NKVDsining formasi 1937 yilgi qirğinlar va GULAG haqida emas, Ğalaba kuni haqida eslatib turardi. Bugun yuzlab hamyurtlarim huquq-tartibot organlarining qator vakillari bağrikeng Belarusda, XXI asrda NKVD an'analarini töliq qayta tiklanganini his qilişmoqda», u.
Leşenyaning qöşimça qilişiça, «birdam, kuçli va taşqi ta'sirlarga uçramaydigan davlat tarkibini öz xalqi xohişi, uning tili, tarixi va madaniyatiga hurmat kabi qaraşlar taşkil etadi».
«Slovakiyada men Konstitutsiyaga köra mamlakatimizga yagona hukumat manbasi hisoblanuvçi Belarus davlati va xalqining vakiliman. Öz ovozlarining hisobga olinişini istab köçada tinçlik namoyişini ötkazayotgan belarus xalqi bilan hamfikrman», degan elçi.
Tsepkalo Varşavaga boradi
Avvaliga Tsepkalo rafiqasi va farzandlari orqali öziga bosim uyuştirilayotganini aytgan. Uning tvitterdagi sahifasida yozişiça, rafiqasi va ikki farzandi Rossiya va Ukraina çegarasidan ötkazilmagan. Sönggi ma'lumotlarga köra, uning rafiqasi Veronika Tsepkalo çegaradan ötişga muvaffaq bölgan.
Ayni damda Tsepkalo respublikada «Milliy qutqaruv fronti» tuzilganini e'lon qilgan. Uning ştabidagilarning ma'lum qilişiça, Tsepkalo tez orada Varşavada AQŞdan kelgan «nufuzli siyosatçi» bilan uçraşuv ötkazişni rejalaştirgan.
«Bu (Polşaga ötiş – tahr.) bir neça kunlar içida bölişi kutilmoqda. Ha, uning şunday rejalari bor - Varşavaga boriş. Bu vaqtinça turar joyi böladi. Valeriy Varşavada Vaşingtondan keladigan juda nufuzli siyosatçi bilan uçraşuv ötkazişi rejalaştirilgan», - deya ştab vakili Aleksey Urbanning sözlarini keltirmoqda TASS agentligi.
Şu bilan birgalikda, bu siyosatçi AQŞning hozirgi hukumati a'zosi emasligi qayd etilgan.
Manbaning ma'lum qilişiça, agar barça hujjatlar tayyor bölsa, Tsepkalo seşanba kuni Polşaga oilasi bilan köçib ötmoqçi.
YeI sanksiyalarga tayyorlanmoqda
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining vazirlari Belarusga qarşi qöşimça sanksiyalar qöllaşni bir ovozdan ma'qulladi.
«Taşqi işlar vazirlarining bir ovozdan Belarusdagi mas'ullarga nisbatan qöşimça sanksiyalar qöllaşni ma'qullagani, yaxşi böldi», deb yozgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen tvitterdagi sahifasida.
Şuningdek, u Yevroittifoq diplomatiyasiga rahbar Jozep Borrelning fikriga ham munosabat bildirgan. Borrel Yevropa ittifoqining Belarus saylovlarida qayd etilgan natijaga qöşilmasligi haqida yozgandi.
«Ovozlarni qalbakilaştiriş va mamlakatda fuqarolarga nisbatan zöravonlik, kuç işlatişga yöl qöyganlarga nisbatan sanksiyalar belgilanadi», degan Borrel.
Avval Reuters agentligi YeI davlatlarining taşqi işlar vazirlari Belarusga sanksiya qöllaşni kelişib olgani haqida xabar bergandi. Manba ma'lumotiga köra, Bryussel «qora röyxat»ga kiritiladigan Belarus rasmiylari haqida ma'lumot töplamoqda. Polşa taşqi işlari vaziri Yatsek Çaputoviçning aytişiça, hamkasblarining aksariyati uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlagan.
16 avgust kuni Lukaşenkoning muxoliflari «Za svobodu!» marşini ötkazişni rejalaştirgan. Ular namoyişlar vaqtida qölga olinganlarning barçasini ozod qilişni, Lukaşenkoning iste'fosini va tinç namoyişçilarga kuç işlatganlarning barçasini sud qilişni talab qilişmoqçi. Xuddi şu vaqtda Lukaşenko tarafdorlarining namoyişlari ötkazilişi ham rejalaştirilgan. Ma'lumotlarga köra, bunday namoyişlarga davlat xizmatçilari, harbiylar va işçilar jalb qilinişi rejalaştirilgan.
V Belorussii vovsyu gotovyatsya k spektaklyu «miting v podderjku Lukashenko». Vot takiye kolonny avtobusov, yedushchiye v napravlenii Minska, zametili pod Gomelem i Brestom — posle soobshcheniy, chto k Batke pod ugrozoy uvolneniya budut sgonyat budjetnikov i voyennyx pic.twitter.com/BRaDgjNeT3