«Har bir inson özi yaşayotgan mamlakat tilini hurmat qilişi kerak» – Ucell rahbari Vladimir Kravçenko
|23:52 / 16.08.202010 12010 min
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining til masalalari böyiça maslahatçisi Nurulla Abdullayev «COSCOM» MÇJ boş direktori Vladimir Kravçenko bilan suhbat uyuştirdi. Ma'lum bölişiça, Ucell rahbari – davlat tili mavqeyini mustahkamlaş çoralari tarafdori, özi ham özbek tilida ravon gapira oladi, iş yuritişni davlat tilida olib borişga harakat qiladi.
− Özbek tilini qaçon va qayerda örgangansiz? Öz xohişingiz bilanmi yoki majburiyat yuzasidanmi?
− Özbek tilini bolalikda, «Töqimaçi» mahallasidagi döstlarim bilan birga öynab, muloqot qilib örganganman.
Men rus maktabida öqiganman. 9-sinfgaça özbek tilini unçalik yaxşi bilmasdim. Albatta, tengdoşlarim, mahalladagi örtoqlarim bilan gaplaşa olardim. Ammo bolalikdan özbek tilini hozirgi darajada biladi, deb öylamang.
Bolalikda özbek tilida judayam sodda darajada gaplaşardim. Fikrlarimni erkin ifodalar, özimni tuşuntira olardim.
Özbek tilini Islom universiteti qoşidagi akademik litseyga kiriş uçun tayyorgarlik köriş jarayonida puxta örganganman. U yerda rus guruhlari yöq edi va tilni yaxşilab örganişga töğri keldi. Adabiy özbek tilida sözlaşişni esa litseyda öqiyotganimda örgandim.
Özbek tilini yaxşiroq örganişimga adabiyotşunos olim, Toşkent Islom universiteti qoşidagi akademik litseyning özbek tili va adabiyoti öqituvçisi Omonulla Madayev sababçi bölgan. U menga xuddi özbek öquvçilarga qaraganday qarardi. «Alpomiş» dostonini xuddi boşqalar singari yoddan ayttirardi, yonimni olib, boşqalardan ajratmasdi. Biz ular bilan hatto Farğona vodiysiga borib, gullagan öriklarning soyasida baxşilar musobaqalarini eşitganmiz.
Omonulla akaning yaxşi ma'noda talabçanligi va özimning tirişqoqligim bilan men bir yilda özbek tilidagi bilimimni va darajamni ança yaxşilab oldim. Madayev mening taqdirimda katta rol öynagan. Ruhlari şod bölsin. Doim: «Sen köproq şuğullanişing, köproq gapirişing kerak, senga rus bölganing uçun yengillik bermayman» deb takror-takror aytardi. Şunday qilib, uç yil davomida özbek döstlarim bilan öqib, örgandim, özbek tili muhitiga şönğib ketdim.
Akademik litseydan söng men Vestminster universitetiga kirdim va ingliz tilini çuqur örgana boşladim.
− Boşqa millat vakili sifatida bugun Özbekistonda davlat tilining mavqeini yanada mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarga fikringiz?
Mavzuga oid
− Bir qança vaqt oldin munozaralarga sabab bölgan hujjatlarni tayyorlaş böyiça tartibni aytib ötişim mumkin.
Adaşmasam, Adliya vazirligi tomonidan taklif qilingan tartibga köra, davlat organlari hujjat loyihalarini, albatta, davlat tilida ham tayyorlaşlari kerak böladi. Rus tilidayam tayyorlaş mumkin, ammo özbek tili bilan birgalikda.
Davlat tilida matni bölmagan loyihalar regulation.gov.uz portaliga ötkazilmasliginiyam aytişim mumkin.
Bu, albatta, juda töğri qarorlar, har qaysi davlatda ham şunday iş tutiladi.
− Siz haqingizda gap ketganda Vazirlar Mahkamasida işlab yurganida qaror va boşqa hujjatlarni özbek tilida himoya qilardi, degan fikr bildiriladi. Şu haqida gapirib bersangiz...
− Bu oddiy iş jarayoni, köpçilik uçun özbek tilida muhokama qiliş qulayligi va men özbek tilini yaxşi bilganim sababli şunday iş tutardim.
Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Axborot-tahlil departamentida işlagan paytlarim barça hujjatlarni rostan ham özbek tilida topşirardim.
Ungaça «Özbektelekom» AKda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligida işlagandim. Va bu taşkilotlarda barça yerda hujjatlar özbek tilida rasmiylaştirilardi, bu mening yozma özbek tilini bilişimga katta yordam bergan va Vazirlar Mahkamasida barça hujjat loyihalarini özbek tilida tayyorlaşimga katta kömak bölgan.
Mantiqan bu töğri, çunki mamlakatimizning 85 foiz aholisi uçun özbek tili ona tili hisoblanadi. Hujjatlarni rus tilida tayyorlaganda esa sözma-söz tarjima davomida matnning asl ma'nosi özgarib ketişi mumkin.
Şuning uçun hujjatni, avvalo, özbek tilida tayyorlab, keyin rus tiliga tarjima qilişga harakat qilardim.
− Bugungi kunda vazirlik va idoralarda, hokimliklarda rahbarning davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini ta'minlaş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etildi. Siz rahbarlik qilayotgan taşkilotda bu jarayon qanday keçmoqda? Aniqroq aytadigan bölsak, sizning maslahatçingiz bormi?
− Mening bunday maslahatçim yöq, ammo davlat tili masalasida Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xodimlari va tarjimonimizdan ba'zida maslahat olib turaman.
«Ucell» savdo belgisi oldin Şvetsiya va Finlyandiyaning «Telia Company» kompaniyasiga qaraşli bölgani uçun korxonada işçi til sifatida ingliz va rus tillaridan foydalanilgan.
Taşkilot töliq davlat tasarrufiga ötganidan söng hujjatlar özbek va rus tillarida yuritila boşlandi. Kompaniyada iş yuritiş böyiça yöriqnoma mavjud bölib, unga köra, barça hujjatlar davlat va rus tillarida olib boriladi. Bu kompaniya nizomida ham yozib qöyilgan. Bunday munosabatning natijasida içki internet tarmoği ham ikki tillik böldi.
Kompaniya yangiliklari korporativ saytimizda davlat, rus va ingliz tillarida çop etiladi.
Murojaatçilarga esa ular murojaat qilgan tilda javob qaytaramiz.
Bir qiziq misol keltiraman. Hozirgi karantin paytida köplab xodimlarimiz uydan turib işlaşayapti. 9 may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan işçilarimiz, turli millat vakillari bölgan yigit-qizlar Ğafur Ğulomning «Sen yetim emassan» şe'rini öqib, videorolik tayyorladi. Va bu qisqa, emotsional videofilm ikki tildagi satrlar bilan yozib olindi. Asl tilida va rus tilida – Anna Axmatova tarjimasida.
− Faoliyatingiz talabi tufayli ijtimoiy tarmoqlardan kengroq foydalansangiz kerak. Bilasiz, tarmoqlarda turli masalalar keng jamoatçilik tomonidan har xil qaraşlar bilan muhokama qilinadi. Bunday holat davlat tilini yanada kengroq joriy qiliş böyiça ham sodir böldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar töğrisida fikringizni bilmoqçi edik.
− Har qanday vaziyatda ham muhokamalar bölgani yaxşi. Bu demokratiyaning eng muhim prinsiplaridan biri. Jamiyatimiz a'zolari turli masalalarda öz fikrlarini aytib ötayotganlarini qöllab-quvvatlayman.
Har qanday konstruktiv fikr muhokamalar rivojlanişga olib keladi.
Har bir inson özi yaşayotgan mamlakat tilini hurmat qilişi kerak. Men bu yerda qanaqadir majburlaş haqida gapirmayapman. Masalan, Rossiyada rus tilini biliş böyiça imtihon topşirişadi. AQŞda ingliz tilini biliş kerakligini esa hamma tuşunadi.
Tilga hurmat haqida gapirganimda, men öz tilida töğri yozişni unutib qöygan ayrim zamonaviy özbek yoşlarini ham nazarda tutyapman. Ijtimoiy tarmoqlardagi ba'zi postlar va ayniqsa izohlar şunaqangi «zamonaviy» tilda yozilganki, ularni tuşuniş uçun haqiqiy özbek adabiy tiliga tarjima qilişga töğri keladi.
Ammo körinib turibdiki, jamiyatda bu muammoni anglaş mavjud va biz birgalikda uni hal qiliş yöllarini qidiryapmiz.
Masalan, özbek tilini noldan yoki çuqurroq örganmoqçi bölgan köplab rusiyzabonlar yaxşi, zamonaviy darslik, sözlaşgiçlar, malakali kurslarning yöqligidan nolişadi. Bularning hammasini tezroq hal qiliş kerak.
– Özbek tilini bilasiz, demak özbek adabiyoti ham sizga begona emas. Özbek tilida mutolaa ham qilib turasizmi?
− Köpçilik öquvçilar yoqtirib öqiydigan kitoblarni mutolaa qilganman. Bular, albatta, Alişer Navoiy lirikasi, Oybekning «Navoiy» romani, Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» asari, Abdulla Qahhorning «Ötmişdan ertaklar» va «Sinçalak», Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasi. Qiziqarli kitoblar köp.
Hozir ustozimning tavsiyalari bilan Dena Kennedining «Qattiqqöl menejment. Odamlarni natija uçun işlaşga majburlang» kitobini öqiyapman.
Uyquga ketişdan avval, albatta, kamida bir neça sahifa mutolaa qilaman. Qoidam şunaqa.
− Özbek tilini örganayotganlarga bu borada qanday tavsiyalar bergan bölardingiz?
− Köproq muloqot qiliş, özbek tilida telekörsatuvlar, kino tomoşa qiliş, kitob öqiş zarur. Bu söz boyligini orttirişga yordam beradi.
Men özbek tilidagi birorta kitobni olib, boşidan oxirigaça öqib çiqişni tavsiya qilgan bölardim.
Masalan, Abdulla Qodiriyning «Ötkan kunlar» romanini. U köplab tillarga tarjima qilingan, jumladan, rus va ingliz tillariga ham. Bu til bilişingizda katta qadam böladi.
Özbek tilida yozadigan blogerlarning telegram kanallarini öqib boriş ham foydadan xoli emas. Ular tezkor, qiziqarli va qörqmasdan yozişadi. Ammo «internetdagi özbek tili»da yozadiganlarini emas, haqiqiy adabiy tildagilarni öqiş maqsadga muvofiq.
Özbek tilida mutolaa qiliş odatga aylanişi kerak. Men buni muvaffaqiyat kaliti, deb hisoblayman.