Belarus prezidentligiga sobiq da'vogar, yuqori texnologiyalar parki ma'muriyatining sobiq rahbari Valeriy Tsepkaloga nisbatan davlatlararo qidiruv e'lon qilindi. Bu haqda Rossiya IIVga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
«Jinoyat kodeksi moddasi böyiça qidirilmoqda», - deyiladi qidiruv hujjati matnida.
Avvalroq Belarus IIV kelib çiqişi turkiyalik bölgan Belarus fuqarosi Sadat Igdejining arizasi böyiça Tsepkaloga nisbatan tergovga qadar tekşiruv olib borilayotganini ma'lum qilgandi.
2014-2015 yillarda Tsepkalo va biznesmen Sadat Igdeji örtasida sudlaşuv bölib ötgandi. Mojaroga siyosatçining uyini qurgan biznesmen kompaniyasining quriliş sifati sabab bölgan, sudda tomonlar yaraşib olgandi.
Keyinroq Igdeji Tsepkaloning yuqori texnologiyalar parki qurilişidagi qonun buzilişlari va poraxörliklar haqida bilişini aytgan.
Iyun oxirida Tsepkaloga nisbatan tergovga qadar suriştiruv boşlandi. Markaziy saylov komissiyasi uning nomzodini Belarus prezidentligiga da'vogar sifatida röyxatga olişni rad etdi. 24 iyulda Tsepkalo oilasi bilan Rossiyaga, 2 avgustda esa Kiyevga köçib ötgani ma'lum böldi.
Undan taşqari, Rossiya Nexta Telegram-kanali asosçisi Stepan Putiloni ham qidiruvga berdi. Mazkur resurs Belarusdagi ommaviy noroziliklar töğrisidagi ma'lumotlarni yoritib bormoqda.










