Qoidalarga köra, elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilişda xavfsizlik texnikasi qoidalari Özbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi töğrisida” va “Elektr energetikasi töğrisida” qonunlariga muvofiq elektr energetikasi sohasi korxonalarida işlab turgan elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilayotgan, ularda quriliş-montaj, ta'mirlaş va sozlaş işlarini amalga oşirayotgan xodimlarning xavfsizligini ta'minlaş, şuningdek ularga işlab çiqarişdagi xavfli omillar ta'sirining oldini olişga qaratilgan.
Qoidalarning talablari idoraviy mansubligi va mulkçilik şaklidan qat'iy nazar, elektr energetikasi sohasidagi davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, ularning elektr energiyasini işlab çiqaruvçi korxonalari (elektr stansiyalar) hamda elektr energiyasining uzatilişini va taqsimlanişini amalga oşiruvçi korxonalari, şuningdek uşbu korxonalarga taalluqli işlarni bajaruvçi ilmiy-tadqiqot, loyiha, quriliş-montaj, ta'mirlaş va sozlaş taşkilotlari uçun majburiydir.
Qoidalarga muvofiq foydalaniladigan himoya vositalari davlat standartlari, şuningdek Elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qöllaş va sinaş qoidalariga muvofiq bölişi şart.
Işlarni bajarişda qöllaniladigan mexanizmlar va yuk kötariş maşinalari, kompressor qurilmalari va havo yiğgiçlar, asboblar va moslamalar sinalgan bölişi şart va mehnat xavfsizligi standartlari talablariga, Özbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi tomonidan sanoat xavfsizligi sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Asbob va moslamalar bilan işlaganda xavfsizlik qoidalariga, şuningdek işlab çiqargan zavod yöriqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinişi şart.
Işlab turgan elektr qurilmalarda quriliş va montaj işlari bajarilayotganda quriliş me'yorlari va qoidalari (QMQ) talablariga rioya qilinişi şart.
Işçi va xizmatçilar uçun mehnatni muhofaza qiliş yöriqnomalarida mazkur Qoidalar talablari inobatga olinişi şart.
Har bir xodim, agar u qoidalar buzilişini bartaraf etiş çoralarini köra olmasa, zudlik bilan yuqori turgan rahbariyatga barça aniqlangan buzilişlar, şuningdek elektr qurilmalaridagi inson hayoti uçun xavf tuğdiruvçi nosozliklar, iş olib boriş jarayonida işlatiladigan maşinalar, mexanizmlar, asboblar, moslamalar va himoya vositalaridagi buzilişlar haqida xabar berişi şart.
Qoidalar talablariga zid bölgan farmoyiş va topşiriqlarni bajariş man qilinadi.
Işlayotgan xodimlarni öqitiş va bilimlarini tekşiriş tartibi Elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan işlarni taşkil qiliş qoidalariga muvofiq amalga oşirilişi şart.










