Hujjat prezidentning 19.05.2020 yildagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5997-son qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.

Norma’ning yozişiça, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Iste'molçilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qiliş (TEQ) qoidalari;

Iste'molçilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilişda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
 
TEQ idoraviy mansubligidan va mulkçilik şaklidan qat'i nazar, barça yuridik şaxslarga, elektr energiyasi iste'molçilari uçun majburiydir. Qoidalar elektr energiyasi iste'molçilari elektr qurilmalarini işonçli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilişni ta'minlaş uçun işlab çiqilgan hamda elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qiliş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş bilan şuğullanuvçi muhandis-texnik xodimlar uçun möljallangan.
 
Iste'molçilarning yangidan montaj, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan elektr qurilmalari amaldagi Elektr qurilmalarining tuzilişi qoidalariga muvofiq bajarilgan bölişi, şuningdek muvofiqlik sertifikatiga ega bölişi şart. Sertifikatlanmagan elektr uskunalaridan foydalaniş va ularni ekspluatatsiya qiliş man etiladi. Iste'molçilarning elektr qurilmalariga maxsus tayyorgarlikdan ötgan elektrotexniklar tomonidan xizmat körsatiladi.
 
Korxonada mulkçilik şaklidan qat'i nazar, elektrotexnik xodimlar xizmati taşkil etiladi yoxud elektr qurilmalariga xizmat körsatişni şartnoma böyiça ixtisoslaştirilgan taşkilot amalga oşirişi lozim.
 
Korxona yoki taşkilot xodimi elektr qurilmalaridan foydalaniş jarayonida hayoti uçun xavf tuğdiradigan holat yuzaga kelganda, şu jumladan mexanizmlar, uskunalar va himoya vositalaridan foydalaniş qoidalari buzilganda bu haqda bevosita boşliğiga yoki korxona rahbariga xabar berişi lozim.
 
Hujjat 11.11.2020 yildan kuçga kirdi.