Belarus poytaxti Minskka Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati bilan boğlanuvçi Tu-214VPU samolyoti keldi. FlightRadar servisi ma'lumotlariga köra, Moskvadan reys bajargan va RA-64523 bort raqamiga ega samolyot 18 avgust soat 20:18da Minskka qöngan. Bunga Telegram’dagi Nexta Life kanali e'tibor qaratgan.
“Biznes Online” naşri ma'lumotlariga köra, uşbu samolyot davlat şartnomasiga köra FXXning maxsus vazifalarni bajaruvçi aviatsiya otryadi uçun qurilgan. Samolyotning nomlanişidagi VPU qisqartmasi “vysotnyy punkt upravleniya” – “balandlikdagi boşqaruv punkti” degan iborani anglatib, ta'kidlanişiça, samolyot FXX rahbariyati parvozlari uçun qöllanadi.
Bu samolyot oxirgi haftada Belarusga kelgan, Rossiya hukumatiga tegişli uçinçi samolyot hisoblanadi. Parvozlar Belarusda 9 avgustda prezident saylovlari ötgandan keyin davom etayotgan norozilik namoyişlari ortida amalga oşirilgan. Saylovlarda amaldagi prezident Aleksandr Lukaşenko katta farq bilan ğalaba qozongan. Biroq belaruslar saylovlar natijalariga işonçsizlik bildirişmoqda. Ğarb va Yevropa ittifoqi davlatlari ham saylovlar natijalarini tan olmayapti.
12 avgustda Belarusga Rossiya harbiy-koinot kuçlarining ikkita Tu-134AK samolyoti kelgan. Bu samolyotlar hukumat a'zolarini taşiş uçun möljallangan. Dastlab samolyotlarning Belarusga kelişi maqsadi ma'lum qilinmagan, ammo 2 kun ötgaç Rossiyaga Belarusda hibsga olingan va u yerda “Vagner” xuquqiy harbiy kompaniyasi jangçilari deb e'lon qilingan 32 rossiyalik qaytarilgani ma'lum bölgan.
Lukaşenkoning ta'kidlaşiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus uçun taşqi tahdidlar yuzaga kelsa, Minskni qöllab-quvvatlaşga va'da bergan. Putin 18 avgustda Belarusdagi vaziyatni Germaniya va Fransiya yetakçilari Angela Merkel va Emmanyuel Makron bilan muhokama qilgan. Rossiya prezidenti suhbat davomida Belarus işlariga aralaşişga yöl qöyib bölmasligini aytgan.













