Mali poytaxti Bamakoda harbiy qözğolonçilar mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta va boş vazir Bubu Sisseni hibsga olişdi. Bu haqda qözğolonga rahbarlik qilayotganlarga tayanib Agence France-Presse axborot agentligi xabar berdi.    

“Prezident va boş vazir bizning qölimizda ekanini ayta olamiz. Biz ularni öz uylarida hibsga oldik. Hozir ular bronetransportyorda Kati harbiy bazasiga olib ketilmoqda”, deb aytgan qözğolonçilardan biri. 

18 avgustda poytaxt Bamakodan 15 km uzoqlikda joylaşgan Kati harbiy bazasida harbiy qözğolon yuz bergan. Harbiylar bir qator vazirlarni, jumladan taşqi işlar va moliya vazirlarini hamda parlament spikerini hibsga olişgan.

Malijet portalining xabar berişiça, qözğolonçilarga Kati bazasidagi harbiy maktabning sobiq direktori, polkovnik Sadio Kamara boşçilik qilmoqda. Ma'lumotlarga köra, Mali qurolli kuçlari boş ştabi ham hozirda qözğolonçilar nazoratiga olingan, bir qator harbiy amaldorlar hibsga olingan. 

Mali davlatida iyun oyidan beri hukumatga qarşi ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Muxolifat hukumat va prezident Ibrohim Bubakar Keytani korrupsiya va mamlakat xavfsizligini ta'minlay olmaslikda ayblamoqda.