Bugun, 19 avgust kuni, mazkur iş Qömita maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişida körib çiqildi.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, UzAuto Motors AJ tomonidan:
- işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillarning bazaviy ulgurji va çakana sotiş narxlarining şakllantirilişida xarajatlarni asossiz oşirib kiritiş orqali monopol yuqori narx qöllanilganligi va natijada yengil avtomobillarning narxlari örtaça 10,29 foizga oşirib şakllantirilganligi;
- iste'molçilarga yengil avtomobillarni dilerlar orqali realizatsiya qilişda Iste'molçilar va xöjalik yurituvçi sub'yektlarning huquqlari va manfaatlarini kamsitişga olib keladigan harakatlarni sodir etganlik, şu jumladan şartnoma predmetiga taalluqli bölmagan şartlarni, raqobatning çeklanişiga olib keladigan yoki olib kelişi mumkin bölgan boşqa harakatlarni sodir etganlik hamda avtomobillarni realizatsiya qiliş bozoriga boşqa xöjalik yurituvçi sub'yektlarning kirişiga tösiqlar qöyiş orqali ustun mavqeini suiiste'mol qiliş holatlarini sodir etganligi aniqlandi.
Maxsus komissiya tomonidan yuqoridagi holatlar atrofliça örganilib, UzAuto Motors AJga qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş töğrisida bajarilişi majburiy bölgan körsatma berildi.
Avtomobillar narxi 3 mln sömdan 19 mln sömgaça tuşirilişi mumkin
Unga asosan, UzAuto Motors AJga:
Birinçidan, jamiyat tomonidan işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillar narxini şakllantirişda tovarning narxiga xomaşyo va materiallarga, yoqilği-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oşirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boşqa xarajatlar yoki bajarilmagan işlarni kiritiş orqali monopol yuqori narx qöllanilişi quyidagi harakatlar bilan, jumladan 2020 yil mart oyida tasdiqlangan, bugungi kunda amalda bölgan va iste'molçilarga realizatsiya qilingan:
- Spark rusumli avtomobil LS M/T modifikatsiyasi çakana narxidan 3 002 010 söm va LT A/T modifikatsiyasi çakana narxidan 3 563 704 söm;
- Nexia 3 rusumli avtomobil LT M/T modifikatsiyasi çakana narxidan 3 112 039 söm va LTZ A/T modifikatsiyasi çakana narxidan 3 792 325 söm;
- Cobalt rusumli avtomobil LT M/T modifikatsiyasi çakana narxidan 4 404 493 söm va LTZ A/T modifikatsiyasi çakana narxidan 10 526 707 söm;








