Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan UzAuto Motors AJda “Raqobat töğrisida”gi qonun talablari buzilişi böyiça qözğatilgan işning davomi bugun körib çiqildi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyevning yozişiça, qömitaning maxsus komissiyasi tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oşirganini tasdiqladi. Unga köra avtomobillar narxlari 3 mln sömdan 19 mln sömgaça asossiz oşirilgani aniqlandi.

Şunga köra komissiya UzAuto Motors AJga bugundan boşlab narxlarni asossiz oşirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotiş böyiça körsatma berdi. Şuningdek, mart oyidan buyon, ya'ni yangi asossiz oşirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qiliş topşiriği berildi.

“Komissiya qarori majburiy kuçga ega. Lekin kompaniya komissiya qaroridan norozi bölsa, sudga berişi va jarayon hali davom etişi ham mumkin”, - deb yozadi deputat.

Avvalroq, Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi UzAuto Motors AJga nisbatan iş qözğatgani xabar berilgandi.