Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi tomonidan karantin boşlangan davrdan buyon dori vositalari narxi oşib ketişining oldini oliş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda, deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilişiça, mutasaddi idoralar vakillaridan iborat tuzilgan işçi guruhlar bilan birgalikda savdo ustamalariga hamda savdo qoidalariga qat'iy rioya qiliş, dori vositalariga bölgan sun'iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirmaslik, qonun va litsenziya talablariga amal qilmaslikning huquqiy oqibatlari töğrisida tegişli tuşuntirişlar olib borildi, respublika böyiça 3000dan ortiq dorixona rahbarlari va xodimlariga rasmiy ogohlantiriş xatlari berildi.

Joriy yilning 20 iyul – 12 avgust kunlari 500ga yaqin dorixonalarda Vazirlar Mahkamasi qarorining 2-ilovasiga binoan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaşda qöllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar röyxatiga kiritilgan dori vositalarining (tovar nomi böyiça) dorixonalarda mavjudligi va ularning çakana narxlari yuzasidan Agentlik tomonidan monitoring kuzatuvlari ötkazildi.

Monitoring dorixonalarda quyidagi dori vositalari mavjud emasligini körsatgan: “Vizavirin” (Hindiston), “Aluvia” (Germaniya), “Lopinavir/Ritonavir” (Hindiston), “Elikvis” (AQŞ).

Respublika böyiça örganilgan dorixonalarning 14tasida (Toşkent ş., Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyati) “Arbidol” (Rossiya) va “Arpeflyu” (Belarus) dori vositasi mavjudligi hamda ularning qoldiq zaxirasi kamligi (605 quti) kuzatildi.

Örganilgan dorixonalarning faqat 3tasida (Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand va Toşkent viloyati) “Plakvenil” (Ispaniya) dori vositasi borligi va ulardan faqat 12 quti qolganiligi kuzatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilayotgan axborotlarga köra, aholi talabi yuqori bölgan ayrim dori vositalari dorixonalardan taşqarida va boşqa yöllar bilan qimmat narxlarda sotilayotganligi qayd etilmoqda. Xususan, “Plakvenil” kabi dori vositasi dorixonalardan taşqarida 500 ming sömdan 1 million sömgaça sotilayotgan bölsa, çakana narxi 405 000 sömdan oşmasligi lozim bölgan “Kleksan” 4000 XA Me dozali dori vositasi dorixonalar va undan taşqarida 2,4 mln sömgaça narxlarda sotilmoqda. Belarusda işlab çiqarilgan “Geparin” dori vositasi ham dorixonalarda qutisi uçun 400 000 sömdan realizatsiya qilinmoqda, uning çeklangan çakana narxi 135 000 sömni taşkil etadi.

Agentlikning hududiy tuzilmalari tomonidan 30ta dorixonada ötkazilgan tekşirişlar davomida quyidagilar ma'lum böldi: