Yevropa Çempionlar Ligasida ikkinçi finalçi ham aniq böldi. Lissabondagi bir uçraşuvdan iborat yarimfinal öyinida «Lion»ni 3:0 hisobida yenggan «Bavariya» finalga yöl oldi. Birinçi bölimda Serj Gnabri tomonidan kiritilgan ikkita va öyin yakunida Levandovskiy urgan bitta gol myunxenliklarga ğalaba keltirdi. «Bavariya» finalda Fransiyaning boşqa jamoasi «PSJ»ga qarşi öynaydi. Final 23 avgust kuni Lissabonda ötkaziladi.
YeÇL-2019/20
Bitta öyindan iborat yarimfinal
Lion – Bavariya 0:3
Gollar: Gnabri (18, 33), Levandovski (88).
Lion: Antoni Lopeş, Denayyer, Marselo, Marsal (Şerki, 73), Dyubua (Tete, 67), Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 46), Kakre, Auar, Korne, Depay (Dembele, 58), Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67).
Bavariya: Noyyer, Boateng (Zyule, 46), Alaba, Kimmix, Alkantara (Tolisso, 82), Devis, Goretska (Pavar, 82), Perişiç (Koman, 63), Gnabri (Koutino, 75), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirişlar: Marselo (35), Marsal (42).












