Oliy Majlisning 6 nafar deputati boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev va Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi direktori Akmal Burxonovga deputatlik sörovi yubordi. Bu haqda deputat Rasul Kuşerbayev ma'lum qildi.
Deputatlar Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan «UzAuto Motors» AJda ötkazilgan tekşiruv yakunlari böyiça olingan ma'lumot va hujjatlarda qonunbuzarliklar, korrupsion holatlar va iste'molçilarning huquqlariga putur yetkaziş kabi alomatlar körinayotgani sababli mazkur masalani alohida örganib, jinoyat alomatlari bor-yöqligi yuzasidan huquqiy baxo beriş va vakolat doirasida çoralar körişni söramoqda.
Sörovni parlament a'zolaridan Rasul Kuşerbayev, Doniyor Ğaniyev, Nodir Jumayev, Bekmirza Eşmurzayev, Zafar Jalolov va Anvarxon Temirov imzolagan.
Eslatib ötamiz, Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasining maxsus komissiyasi xulosasiga köra, monopolist kompaniya «Raqobat töğrisida»gi qonun talablarini buzgan. Xususan, mart oyida avtomobillar narxi örtaça 10,29 foizga asossiz oşirilgan.
Şu boisdan Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi avtomobillar narxini rusumi va modifikatsiyasiga qarab 3 million sömdan 15,7 mln sömgaça kamaytiriş talabini qöydi.
Öz navbatida, UzAuto Motors bu ayblovni rad etdi va qaror ustidan sudga şikoyat qilişini bildirib, narxlarni pasaytirmasligini e'lon qildi. Kompaniyaning hisoblaşiça, komissiya qarori «bir taraflama» va «notöliq ma'lumotlarga asoslangan».
UzAuto Motors bayonoti ortidan, deputat Doniyor Ğaniyev bu masalada «oxirigaça kuraşişlari»ni bildirdi.
«UzAuto Motors sud orqali jarayonni qançalik çözişga va şu orqali masalani kun tartibidan çiqarişga harakat qilmasin, biz baribir qömita bilan birgalikda kompaniya bilan oxirigaça kuraşamiz», – dedi Ğaniyev.
Deputat Nodir Jumayev esa monopolist korxonaga «özini oqlaşni emas, raqobat şaroitida işlaşni örganiş»ni










