Gap “yer-yer” sinfidagi ballistik raketa haqida borib, u 2020 yil yanvarda AQŞ harbiylari maxsus operatsiyasi davomida öldirilgan general Qosim Sulaymoniy şarafiga “Hoj Qosim” deb atalgan. Ta'kidlanişiça, raketaning ta'sir radiusi 1400 kmni taşkil qiladi.

Bundan taşqari, eronlik harbiylar yangi qanotli raketa “Abu Mahdi”ni taqdim etişgan. Uşbu raketa Sulaymoniy bilan birga halok bölgan, iroqlik şia tuzilmalari “Al-Haşd aş-Şa'biy” qömondoni Abu Mahdi al-Muhandis şarafiga atalgan.

Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bölinmasi qömondoni general-leytenant Qosim Sulaymoniy 3 yanvarda Bağdod aeroporti yaqinida AQŞ droni zarbasi natijasida öldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili, jumladan al-Muhandis halok bölgan.