Oğizdan çiqayotgan nafasning hidlanişiga turli sabablar bölişi mumkin. Bu hamma bilan kuzatilişi mumkin bölgan, vaqtinçalik yoki surunkali holat hisoblanadi.

Oğiz hidlanişi tiş, oğiz böşliği holati yoki inson soğligidagi boşqa muammo tufayli yuzaga çiqadi. Oğiz hidlanişida odam öz oğzida yoqimsiz ta'mni ham payqaşi mumkin. Agar hidlaniş faqat tişlar yoki oğiz holati bilan emas, balki organizmdagi boşqa muammo tufayli kuzatilsa, tişlarni tozalaş hid yöqolişiga yordam bermaydi.

Nimalar oğizda badböy hid paydo bölişiga sabab bölişi mumkin?

Foto: Getty Images

Tişning notöğri gigiyenasi

Bakteriyalar tiş va oğizdagi ovqat qoldiqlarini parçalaydi. Va natijada, oğizda noxuş hid paydo böladi. Tişlarni doimiy tozalaş ovqat qoldiqlari parçalanişiga yöl qöymasdan oldin ularni oğizdan çiqarib taşlaşga yordam beradi.

Tişlarni doimiy tozalaş ularni turli bakterial kasalliklardan ham saqlaydi. Bakterial kasalliklar esa tiş yemirilişi va oğizda hid paydo bölişiga sabab böladi. Şuning uçun tişni, albatta, keçki payt tozalaş kerak.

Kuçli hidlanişga sabab böluvçi ovqat va içimlik iste'mol qiliş

Piyoz, sarimsoq yoki boşqa kuçli hidga ega ovqat iste'mol qilinsa, 72 soatgaça ularning hidi inson nafasida sezilişi mumkin. Kofe kabi kuçli içimliklar ham noxuş hidlarga sabab böladi.

Çekiş

Tamaki çekiş noxuş hid va oğiz qurişiga sabab böladi.

Oğiz qurişi

Oğiz böşliğida yetarliça tupuk işlab çiqarilmasligi oğiz qurişiga va uning hidlanişiga sabab böladi. Tupuk oğizni toza tutişga va noxuş hidlarni kamaytirişga yordam beradi.

Tupuk bezlarining yaxşi işlamasligi, insonning oğzini oçib uxlaşi yoki organizmdagi biror kasallik tufayli oğiz qurişi kuzatilişi mumkin.

Oğizdan noxuş hid kelişi diabet, buyrak kasalliklari ta'sirida ham kuzatilişi mumkin.